Ozarbayjon qurabeyi – Tomchi.ru
Pecheniylar

Ozarbayjon qurabeyi

Tarkibi:

1,5 stakan un

120 gr sariyog’

1/2 stakan shakar upasi

2 choy qoshiq asal

4 osh qoshiq sut

1 choy qoshiq limon po’stining qirindisi

1/4 choy qoshiq yanchilgan qalampirmunchoq va kardamon

vanil shakari

Tayyorlanishi:

Xona xaroratida erigan sariyog mikser yoddamida ko’pirtiriladi. Keyin qand upasi asal, qalampirmunchoq, kardamon va limon sedrasi qo’shib yangittan bir xil massa holiga kelguniga qadar iylanadi. Shundan keyin sut quyib ko’pirtiriladi aralashmaga un sepib xamir qoriladi va 10-15 daqiqa muzlatgichga qo’yiladi.

Keyin xamirni 1 cm qalinlikda yoyib, stakan yoki maxsus pechene kesiladigan asbob bilan doyira shakli kesib chiqiladi.

Qurabeylarni quruq duxovka listiga terib, oldindan qizib turgan duxovkada past olovda tilla rang tusga kirgunga qadar pishirib olinadi.

Pechenelar bir oz sovutiladi. Vanilin bilan qorishtirilgan shakar upasi sepiladi.

Adblock
detector