Tarkibi:
1 dona tuxum
100gr shakar upasi
1 50 gr margarin (yoki 3 osh qoshiq)
3 osh qoshiq smetana yoki yogurt
70 gr o’simlik yogi
1 paket vanilin
1 paket xamir qavartma
1 osh qoshiq kakao
keraklicha un
Nachinkasi:
2 dona qizil olma
3 osh qoshiq shakar
1 choy qoshiq dolchin (корица)
Xamirni yoyish uchun:
kraxmal
bezak uchun yong’oq
Tayyorlanishi:
Idishga tuxum chaqiladi, xona xaroratiga erigan margarin, o’simlik yog’i, shakar upasi, yogurt, vanilin solib bir xil bo’lchuncha qo’shiladi. O’rtacha yumshoqlikda bo’lguncha un solib, xamir tayyorlab, 2 qisimga bo’linadi. Bittasiga kakao solib, jijar rangli xamirni tayyorlab olinadi. Sovutgichga qo’yiladi ungacha nachika tayyorladi. Olma po’sti tozalanib, qirg’ichdan chiqarib shakar va dolchin solib, qo’shiladi. Gazga shakari eriiguncha pishiriladi va sovushga qo’yiladi.
Oq va kakaoli xamirlarni kraxmal sepib yoyiladi. Oq xamirni ustiga kakaoli xamir qo’yiladi. To’rt barmoq kengligida tortburchaklar kesib chiqiladi. To’rtburchaklar 4 chetining o’rtasidan kesiladi. O’rtasiga 1 choy qoshiq nachinka qo’yiladi. rasimdagidek tugib o’rtasiga funduk yoki yong’oq qo’yiladi. Duxovka listiga pishiriq qog’oz qo’yib, terib chiqiladi pecheniylar. 170 c issiqlida qizigan duxovkaga qizarguncha pishiriladi.