Gamburger va xot-dog tayyorlash uchun bulochkalar
Ingredients
- 1 stakan sut
- 0,5 stakan suv
- 50 gr sariyog’
- 4,5 stakan un (550 gr)
- 7 gr quruq xamirturush (2 choy qoshiq)
- 2 osh qoshiq shakar
- 1- 1/2 choy qoshiq tuz
- 1 dona tuxum
Instructions
- Maydaroq qozonchaga sut, suv va sariyog’ni qizdiriladi. Sariyog’ eriguncha olovda qizdiriladi, qaynab ketmasligi kerak.
- Kattaroq idishga 3 stakan un, xamirturush, shakar va tuz solib aralashtiriladi. Ustidan sutli aralashma solib xamir qoriladi. Qolgan un ustiga kam-kam sepib yaxshilab mushlanadi, taxminan 8 daqiqa. Xamir silliq va elastik bo’lishi kerak.
- 12 ta mayda-mayda zuvalachalar yasaladi. Yog’langan duxovka listiga tizib, zuvalachalar ustidan sekin bosib-bosib chiqiladi. Usti yopib 30-40 daqiqa damga qo’yiladi.
- 200 C haroratda 10-12 daqiqa pishirib olinadi, bulochkalar qizarishi kerak.
- Xot-dog uchun bulochka pisirish uchun, zuvalani olib to’rt burchak kilib yoyiladi 15 x 10 sm. Uzun tomoni zich qilib o’raladi ruletday o’raladi chetlari yopishtiriladi. 20-25 daqiqa damga qo’yiladi, yuqorida yozilgandek pishiriladi.
- Istalgan hajmda bulochkalar qilishingiz mumkin.