Tarkibi:
Xamir:
- 1 kg un
- 100 g margarin
- 250 gr sut
- 3 dona tuxum
- 1 choy qoshiq istemol sodasi
- 1 l qovirish uchun o’simlik yog’i
Qiyomi:
- 1 stakan suv
- 1.5 stakan shakar
- 5 osh qoshiq asal
Tayyorlanishi:
- Sut, tuxum, eritilgan margarin va istemol soddasi solib aralashtiriladi.
- Aralashma ustiga elangan un solib, xamir qilinadi.
- Xamir mushtdek kattalikda yoki 4 dona zuvalachalarga bo’linib, bir oz dam oldiriladi.
- Xamirga un sepib, yupqa yoyiladi. Qanchaliq nozik yoyilsa u shunchalik mazali va chiroyli bo’lib pishadi.
- Yoyilgan xamir 5-8 daqiqa quritishga qo’yiladi. Qolgan zuvalalar shunday yoyiladi.
- Quruq xamirning chetiga yarim oy shaklida suv surtiladi va uzun o’qlovga o’rab, ichidan o’qlov oxista tortib olinadi. Xamir 2 sm qalinlikda qiya qilib, o’tkir pichoq yoki kirkira kesgich bilan kesib chiqiladi.
- Xamir o’rtasidan ochilib, romb shaklida xosil qilinadi yoki bir uchidan ushlab ikkinchi uchi ichidan o’tqaziladi va qizigan yog’da qovurilib olinib, yog’i yaxshilab sirqitiladi.
- Qiyomni tayyorlab olamiz. Idishga suv bilan shakar aralashtirib, o’rta olvga qoyiladi. Qo’shib turilgan holda shakari eriguncha qaynatiladi. 5 daqiqa qaynatib, olovni o’chirib, asal solinadi. Asali eruguncha aralashtiladi.
- Qizarib qovirilgan qush tililar qaynoq qiyomga 1-2 daqiqa botirib olinadi. Aggar qush tililar sovutib, qiyomga botirilib olinsa, ular qarsildoq bo’ib chiqadi. Aggar issiqlikda qush tililar qiyomga botirib, olinsa yumshoq bo’lib chiqadi.
- Issiq qush tililar ustidan hoxishga ko’ra kunjut yoki maydalangan yongoq sepish, yoki sepmasdan shundayligicha likopchalarga olib, dasturxonga tortilish mumkin.
Tarvuzli smuzi