Uvalanuvchi pecheniy – Tomchi.ru
Pecheniylar Shirinliklar

Uvalanuvchi pecheniy

Tarkibi:

  • 150 g un
  • 45 g shakar upasi
  • 25 g kraxmal
  • 150 g sariyog’
  • 1/2 choy qoshiq vanilin

Tayyorlanishi:

Xona xaroratida yumshagan sariyog’ bilan shakar upasi mikser yordamida  ko’pirtiriladi. Kraxmal solib, qo’shish davom etiriladi. Keyin vanilin va un solib bir xil massa bo’lgunicha ko’pirtiriladi. Tayyor xamirni qandolatchilik xaltachasiga solib, pargamen qog’ozi to’shalgan listga xalqa shaklida quyib chiqiladi yoki xoxlagan shakilda qilish mumkin. Qizdirilgan duxovkaga 180 C issiqlikda 20 daqiqa pishiriladi.

Boshqacha ko’rinishi: Uvalanuvchi pecheniy. (Песочное печенье)

pesochnoe_pechenye_kurabie5
Boshqacha ko’rinishi: Uvalanuvchi pecheniy. (Песочное печенье)

Tarkibi:

  • 200 g un
  • 75 g shakar upasi
  • 175 g sariyog’
  • 2 -3 osh qoshiq smetana

Tayyorlanishi:

Xona xaroratida yumshagan sariyog’ bilan shakar upasi yaxshilab qo’shiladi. Ustiga smetan va un solib, aralashtiriladi. Xamir qilinadi. Xamir yopishqoq bo’ladi, havotirlanmang. Tayyor xamirni qandolatchilik xaltachasiga  solib, pargamen qog’ozi to’shalgan listga  quyib chiqiladi. Qizdirilgan duxovkaga 180-200 C issiqlikda 15-20 daqiqa qizarguncha pishiriladi.

Adblock
detector