Olmali pirog – Tomchi.ru
Shirinliklar

Olmali pirog

Tarkibi:

Xamir uchun:

  • 4 stakan un
  • 4 dona tuxumning sarig’i
  • 1 stakan shakar
  • 250 gr margarin
  • 1/2 iste’mol sodasi
  • 1/3 paket vanilin

Nachinka uchun:

  • 5 dona olma
  • 4 dona tuxumning oqi
  • 3 osh qoshiq shakar

Tayyorlanishi:

Muzlab turgan margarinni mayda bo’laklarga bo’lib, chiqiladi. Un va iste’mol sodasi elanadi. Vanilin, shakar, tuxum sarig’i va bo’laklangan yog’larni qo’l bilan uvalab, elangan un solib xamir qoriladi. Hosil bo’lgan xamir ikkita zuvala qilinadi  (katta va kichik). Kattaroq qismi yoyib, duxovka listiga joylashtiriladi va 20 daqiqa muzlatgichga qo’yiladi. Kichik zuvala muzlatgichga qo’yiladi.

Nachinka tayyorlash uchun: olmalar yuviladi, po’sti archilib, urugli qismi olib tashlanadi. Keyin meva eti kichik-kichik qilib to’g’raladi yoki yirik tishli qirg’ichdan chiqariladi. Muzlatgichda turgan tuxum oqini yaxshilab ko’pirtiriladi. Oz-ozdan shakar qo’shib ko’pirtiriladi.

Keyin qizdirilgan duxovkaga sal qizarguncha 7-10 daqiqa pishirib olinadi. Yarim tayyor pirogning ustiga olmali nchinkani quyib, ustidan tuxum oqi solinadi. So’ng muzlagan xamir qirg’chdan o’tkaziladi va nachinka ustiga bir tekisda taqsimlab sepiladi. Pirog yaxshi qizdirilgan duxovkaga qo’yilib, 20-30 daqiqa davomida pishirib olinadi.

Adblock
detector