Jasmin pecheniysi – Tomchi.ru
Pecheniylar

Jasmin pecheniysi

Tarkibi:

1 dona tuxum

100gr shakar upasi

1 50 gr margarin (yoki 3 osh qoshiq)

3 osh qoshiq smetana yoki yogurt

70 gr o’simlik yogi

1 paket vanilin

1 paket xamir qavartma

1 osh qoshiq kakao

keraklicha un

Nachinkasi:

2 dona qizil olma

3 osh qoshiq shakar

1 choy qoshiq dolchin (корица)

Xamirni yoyish uchun:

kraxmal

bezak uchun yong’oq

Tayyorlanishi:

Idishga tuxum chaqiladi, xona xaroratiga erigan margarin, o’simlik yog’i, shakar upasi, yogurt, vanilin solib bir xil bo’lchuncha qo’shiladi. O’rtacha yumshoqlikda bo’lguncha un solib, xamir tayyorlab, 2 qisimga bo’linadi. Bittasiga kakao solib, jijar rangli xamirni tayyorlab olinadi. Sovutgichga qo’yiladi ungacha nachika tayyorladi. Olma po’sti tozalanib, qirg’ichdan chiqarib shakar va dolchin solib,  qo’shiladi. Gazga shakari eriiguncha pishiriladi va sovushga qo’yiladi.

Oq va kakaoli xamirlarni kraxmal sepib yoyiladi. Oq xamirni ustiga kakaoli xamir qo’yiladi. To’rt barmoq kengligida tortburchaklar kesib chiqiladi. To’rtburchaklar 4 chetining o’rtasidan kesiladi. O’rtasiga 1 choy qoshiq nachinka qo’yiladi. rasimdagidek tugib o’rtasiga funduk yoki yong’oq qo’yiladi. Duxovka listiga pishiriq qog’oz qo’yib, terib chiqiladi pecheniylar. 170 c issiqlida qizigan duxovkaga qizarguncha pishiriladi.

jasmin-picheni-nachinkasi
xamir-yoyish
kakaoli-xamir
xamir-kesish
jasmin-bukilishi
jasmin-tugilishi
Open

Close
Adblock
detector