Tarkibi:
- Un ………………………………………………250 gr
- Xamir qavartmasi…………….1,5 choy qoshiq
- Shakar …………………………………………270 gr
- Tuxum sarig’i ……………………………..10 dona
- Tuxum oqi ……………………………………7 dona
- Shakar upasi ………………………..bezak uchun
Idishga 10 dona tuxum sarig’ solib, 170 gr shakar sepiladi. Mikser yordamida ko’pirtiriladi, oq bir xil ko’pik hosil bo’lguncha.
Boshqa idishga 7 dona tuxum oqi solib, mikser yordamida ko’pirtiriladi. 100 gr shakar oz-ozdan qattiq ko’pik hosil bo’lguncha ko’pirtiriladi.
Ko’pirtirilgan tuxum oqiga, ko’pirtirilgan tuxum sarig’ oz-ozdan solib oshxona lapatkachasi bilan aralashtiriladi.
250 gr unga 1,5 choy qoshiq xamir qavartmasi solib, tuxum va shakarli massa ustiga elanadi. Bir xil biskvit xamiri hosil bo’lguncha bix xil yo’nalishda aralashtiriladi.
Pishiriq qog’ozi to’shalgan duxovka listiga. biskvit xamiri oshxona qopchasi yordamida quyib chiqiladi. Pecheniylar uzunligi taxminan 7 sm dan bo’lishi kerak. So’ng ustiga shakar upasi sepiladi
Oldindan 200 C qizdirilgan duxovkada 10-15 daqiqa davomida pishiriladi.