Kerakli maxsulotlar:
Xamiri uchun:
- 200 gr sariyog’
- 3 stakan un
- 1 stakan qatiq yoki smetana
- 0.5 choy qoshiq soda
Nachinka uchun:
- 50 gr sariyog’
- 1 stakan shakar
- 1 stakan un
- 1 stakan yong’oq
- 3 osh qoshiq kakao (solmasa xam bo’ladi)
Tayyorlash uchun:
Un bilan xona haroratida yumshagan sariyog’ uqalanadi. Qatiqa istemol sodasi solib, qo’shiladi. So’ng unli maxsulotga solib, yumshoqroq xamir tayyorlanadi va 3 yoki 4 bo’lakka bo’lib, 30 daqiqa sovutgichga qo’yiladi.
Ungacha nachinka tayyorlab olinadi. Un, shakar. ezilgan yong’oq, xoxishga ko’ra kakao solsa xam bo’ladi va yumshagan sariyog’ hammasi aralashtiriladi. Nachinka xam 3-4 qisimga bo’linadi.
Zuvalalar xar biri yupqaroq qilib yoyiladi, taxnmina 2 sm qalinlikda va nachinka sepib chiqiladi. Ruletday qilib o’ralib chiqiladi va yonlamachasiga kesib chiqiladi. Qizigan duxovkaga 160 C issiqlikda qizarguncha taxminan 25 30 daqiqa pishirilib issiqlikda shakar upasi sepiladi.
Qo’shimcha yuziga shakar upasi sepish xoxlamasangiz tuxum sarigi surtib pishiriladi. Yuzasiga bezak uchun yong’oq yoki shakar sepiladi.