«Qushcha» bulichkalar – Tomchi.ru
Pecheniylar Shirinliklar

«Qushcha» bulichkalar

Tarkibi:

  • 200 ml suv.
  • 75 ml o’simlik yog’i.
  • 3 osh qoshiq shakar.
  • 1 choy qoshiq tuz.
  • 1 paketcha yoki 3 choy qoshiq xamirturush (qurug’i).
  • 4 stakan un.
  • 30 gr mayiz (bezatish uchun).

Tayyorlanishi:

Iliq suvga xamirturish solib eritiladi va 10-15 minut ko’tarilish uchun olib qoyiladi. Idishga elangan un, shakar, tuz, yog’ va xamirturishli suv solib, yumshoq xamir qoriladi. Ustini toza sochiq bilan yopib, 1,5- 2  soatga issiq joyga oshirishga olib qo’yiladi.

Oshgan xamirni uzun qilib teng 15 qisimlarga bo’linadi. Bo’langan xamirlarni uzin qilib chiqiladi va tugilib, bir uchi bosh, bir uchi dum qilinadi. Bosh qismiga qushning tumshug’ shakili beriladi va qaychi yordamida kesiladi, mayizdan ko’z qilinadi, dumini ozroq yoyib dumcha kesiladi.  Yog’langan gaz lalisiga Qushchalarni terib ustini sochiq bilan yopib, issiq joyga ko’tarish uchun olib qo’yiladi. So’ng tuxum sarig’i surtiladi. Qizib turganduxovkaga  taxminan  200 C issiqlikda 30 daqiqa pishiriladi.

Tayyor bulichkalarni lalidan olib, uistini namlangan sochiq bilan 10-15 daqiqga o’rab qo’yiladi. So’ng likobga solib dasturxonga tortiladi.

bulichka-qushcha5
Adblock
detector