Yong’oqli holva – Tomchi.ru
Shirinliklar

Yong’oqli holva

Yong’oqli holva

Shirinliklar

Yong’oqli holva

Ingredients

  • 1.5 stakan funduk yoki bodom mag’zi ,
  • 1,5 stakan shakar,
  • 1,5 stakan qaymoq yoki sut,
  • 2 osh qoshiq oqyog’ yoki sariyog’,
  • 2-3 osh qoshiq maydalangan yong’oq mag’zi yoki pista (bezatish uchun)

Instructions

  1. Funduk yoki bodom mag’zi kastryulga sepib, ustidan sut yoki suyuq qaymoq quyiladi. Yog’ va shakar qo’shib, vaqti-vaqti bilan kavlab turiladi. Baland olovda 15 daqiqa davomida qaynatiladi. Bunda suyuqlik bug’lanib miqdori ikki barobar kamayadi. Shundan keyin olov pasaytiriladi, tinimsiz kovlab turgan holda sust olovda qaynatishda davom etiladi. Bunda aralashma quyuq holatga kelishi kerak, lekin kastryul tagiga yopishib qolmasligi lozim. Shundan so’ng holva yog’ surilgan duxovka listiga solinadi va sovutiladi. Keyin sovuq suvda chayilgan nam qo’llar yordamida qalinligi 2,5 sm li yumaloq shaklga keltiriladi. Yog’ surilgan qilipga solib sovitiladi.
  2. Dasturxonga tortishdan oldin holvani kichik bo’lakchalarga bo’lib, har bitta bo’lakchaningteng yarim qismiga qovurilgan yong’oq mag’zi yoki xandon pista bilan bezak beriladi.
https://tomchi.ru/uz/yongoqli-holva/
Adblock
detector