Kerakli maxsulotlar:
- Suli yormasi (tez tayyorlash)……………………….. .5 osh qoshiq
- Sigir suti………………………………………. 5 osh qoshiq (100 ml)
- Tovuq tuxumi……………………………………………………….1 dona
- Shakar…………………………………………………………2 osh qoshiq
- Kakao …………………………………………………………3 osh qoshiq
- Xamir qavartmasi (разрыхлитель)……………1/2 choy qoshiq
- Tvorog …………………………………………………………………250 gr
- Vanil …………………………………………………………… tabga ko’ra
- Jelatin …………………………………………………………………..10 gr
Tayyorlash jarayoni:
- Kerakli maxsulotlarni o’lchab olinadi.
- Suli yormasi, 5 osh qoshiq sut, tuxum, 2 osh qoshiq shakar, kakao va xamir qavartmasi (разрыхлитель) ni blenderda aralashtiriladi.
- Aralashma bi xi bo’lishi kerak. Keyin qolipga quyib 900 vt li mikro to’lqinli pechga 3 daqiqaga qo’yiladi.
- Biskvit tayyor- O’rtasidan ikkiga bo’lsa ham bo’ladi yoki yana bitta pishirish kerak.
- Jelatin sovuq sutga ivitiladi 5 daqiqa. Tvorog va shakar blenderda aralashtiriladi. Jelatin solingan sutni qizdiramiz to jelatin eriguncha, to’xtovsiz aralashtirib turiladi. Qaynamasligi kerak! Tayyor bo’lgan jelatinni oz-ozdan tvorogli massaga quyib blenderda aralashtiriladi.
- Qolipda turgan biskvit ustiga tvorogli massa quyiladi ustidan ikkinchi biskvit yopishtiriladi. Sovutgichga 3 soatga qo’yiladi, bir kecha turgani yaxshiroq.
- Chiroyli ko’rinish berish uchun chetlaridan chiqib qolgan suflelar kesiladi.