Kannoli – Tomchi.ru
Shirinliklar

Kannoli

Kerakli maxsulotlar:

  • 150 gr un
  • 30 gr yumshoq sariyog’
  • 70 gr shakar upasi
  • 30 ml oq vino
  • 250 gr rikotta   (Rikotta o’rniga 200 gr tvarog 50 gr qaymoq ishlatish mumkin )
  • 1/4 choy qoshiq  vanil ekstrakti
  • 1/2 choy qoshiq apelsin po’stlog’i (ezilgan)
  • Ozroq limon sharbati
  • O’simlik yog’i qovurish uchun
  • Tuz

Tayyorlanishi:

Qovurish uchun temir turbichkalar kerak bo’ladi, uzunligi 12-14 sm qalinligi 2,5 – 3 sm. Bu turbichkalarni qalin kartondan yoki bir-nechi qavat falga stepler bilan chetlari birlashtirib yasasa ham bo’ladi.

uuunj09

Elangan unga vino,  yumshoq sariyog’, 10 gr shakar upasi va tuz solib xamir qoriladi. 2-3 osh qoshiq suv solinadi tekis bir xil massa hosil bo’lishi uchun. Selafan bilan yopib salqin joyga 2 soat damga qo’yiladi.

hgg126

Rikotta va qolgan shakar upasi mikserda aralashtiriladi,  vanil ekstrakti,  apelsin po’stlog’i (ezilgan) va limon sharbati solib ko’pirtiriladi. Tayyor bo’lgan nachinka sovutgichga qo’yiladi.

jjjj671

Xamir yupqa qilib yoyiladi, aylanachalar kesiladi diametri 8 sm

gg789

Tovaga o’simlik yogi solinadi, turbichkalar botadigan bo’lishi kerak. Turbickaga aylana xamir o’rab uchlari suv qilib yopishtiriladi. Qizartirib qovuriladi, ortiqcha yogi sirqitiladi.

ytu880

Qovurilgan pishiriqlar sovugach, Qandolot  shpritsi yoki xaltachasi yordamida nachinka bilan to’ldiriladi.

Open

Close
Adblock
detector