«Qush uyasi» salati – Tomchi.ru
Salatlar

«Qush uyasi» salati

«Qush uyasi» salati

Salatlar

«Qush uyasi» salati

Ingredients

  • 200 gr tovuq go’shti (laxim ko’krak qismi)
  • 150 gr bodiring
  • 3 dona tuxum
  • 2-3 dona o’rtacha kattalikda kartoshka
  • 1 dona kichikroq bosh piyoz
  • tabga ko’ra shibit, ko’k piyoz
  • 150 gr mayonez
  • tuz
  • qovurish uchun o’simlik yog’i

Instructions

  1. Tovuq go’shti yuvib, suv va ozroq tuz solib, pishgunicha qaynatiladi. Sabzavotlar po’stlogi archilib, yuviladi. Tuxum suvga 10 daqiqa qaynatib, tozalanadi.
  2. Tayyorlab olingan tovuq go’shti, mayda kubik shaklida kesiladi.
  3. Aloxida bosh piyoz nafis to’g’raladi. Piyoz achiq bo’lsa 5-10 daqiqa qaynoq suvga solinib, so’ng sovuq suvga chayiladi.
  4. Bodiring uncha katta bo’lmagan, somoncha shaklida to’g’raladi.
  5. Kartoshaka mayin somoncha shakilda to’graladi yoki koreski maxsus sabzi qirgichidan chiqariladi. Qizdirilgan yog’ga oltin rang tusga kirguncha qovuriladi. Etibor bilan qovurish talab etiladi, bu salatning ko’rinishiga bog’liq bo’ladi.
  6. Qaynarilgan tuxum sarigidan ajratib olinadi va oqi mayda tishli qirgichdan chiqariladi.
  7. Kartosha aloxida idishga ozrog’ olib qo’yiladi. So’ng yuqoridagi tayyorlangan maxulotlr idishga solib, tabga ko’ra tuz solib qo’shiladi va mayonez solib yaxshilab aralashtiriladi.
  8. Qaynatilgan tuxum sarigi sanchiq yordamida ezilib, maydalanga ko’ktlar va ozroq mayonez solib qo’shiladi. Tayyor maxsulotdan uncha katta bo’lmagan koptokchalar qilinadi. (Xuddi bedana tuximi kattalikda kilib shakil beriladi.)
  9. Salatni likobga solib, qovurilgan kartoshka, maydalangan ko’katlar va tuxum sarigidan tayyorlangan koptokchalar bilan bezatiladi. Xuddi Qush uyasi shakilga salat keltirib bezatiladi.
  10. Salatni o’zingiz xoxlaganday qilib, tayyorlashingiz mumkin. Misol uchun kimda xom piyoz yoqmasa, sariyog’da qovurish mumkin. Agar sizda tovuq go’shti bo’lmasa, qaynatilgan mol go’shtidan foydalanish mumkin. Yana agar bodiring bo’lmasa solinmasa ham bo’ladi. Istasangiz pishloq qo’shish mumkin, Tuxum sarigidan tayyorlangan koptokchalar o’rniga bedana tuxumi qaynatib qo’ysa ham bo’ladi va x.k
  11. Yoqimli ishtaxa!
https://tomchi.ru/uz/qush-uyasi-salati/
Adblock
detector