Gruzincha usulda karam tuzlash
Ingredients
- 1 dona karam ( taxminan 2 kg 200 gr)
- 2 dona qizil lavlagi (300-500 gr)
- 3-5 bo’lakcha sarimsoq piyoz
- 2-3 dona achchiq qalampir tabingizga qarab (yoki 1 choy qoshiq kukunidan)
- 5-6 dona yanchilmagan murch
- 1-3 osh qoshiq tuz
- 1-2 dona dafna bargi
- 1.5-2 litir qaynatilgan suv
Instructions
- Karam yuviladi bir qavat yuzasi olib tashlanadi va 4 yoki 8 bo’laklarga bo’linadi. Qizil lavlagi po’sti tozalanib, aylana yupqa qilib kesiladi, sarimsoqpiyoz tozalanib, 2-3 bo’laka bo’linadi va achchiq qalampir kesiladi.
- Chuqur sirli idish (kastrol) yoki 3 litirli shishali bankaga tayyorlanadi. Idishga birinchi ozroq qizil lavlagi, so’ng karam bo’laklari solinadi, idishninng yarmigacha va yana qizil lavlagi, sarimsoq piyoz, qalampir solinadi va karamning qolgani qavat – qavqt qilib solinadi. Ustiga yana qizil lavlag solinadi, idishga 5 sm bo’sh qoldirgan xolda to’ldiriladi.
- Idishga qaynatilgan suv solamiz va unga tuz, murch va dafna bargi solib tuz eriguncha kovlanadi. Tuzi sho’rva ovqatlardan ko’ra ozroq sho’r bo’ladi.
- Karam botguncha tuzli issiq suv solib, idish to’ldiriladi . Kastrolga tayyorlansa karamning ustidan tovaqni to’nkarilib, idish qopqog’in yopib qo’yiladi. Bankaga tayyorlansa plasmas qopqoq bilan yopib bir kecha uy haroratida qoldiriladi, so’ng salqin joyga yoki sovutgicha qo’yiladi. 4 yoki 7 kundan keyin Gruzincha usulda karam tuzlamasi tayyor bo’ladi.
- Tayyorlab ko’ring juda ham oson, mazzali, ishtaxa ochar va ajoyib rangli ko’rinishda bo’ladi.