Yufka uy sharoitida pishirish (Turkcha lavash) – Tomchi.ru
Yufka
Pishiriqlar

Yufka uy sharoitida pishirish (Turkcha lavash)

Tarkibi:

  • 100 gr iliq suv
  • 1 disert qoshiq yogurt yoki smetana
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 300 gr un
  •  kraxmal bug’doy, kukuruz, yoki kartoshkali ( xamirni yoyish uchun)

Yufka asli tandirda pishiriladi. Yufka uncha katta bo’lmagan hajimda qilinadi va har xil pishiriqlar pishirish uchun ishlatiladi. Har kimga qulay bo’lgan xolda oshxona pechkasining usti piltasiga, tovada, pizza pishirish uchun mo’ljalangan pechga va hatto duxovkada pishirib olish mumkin. Biz buni lavash deyish mumkin albata, turklarda lavash achiqili yaniy oshirma xamirdan tayyorlashadi.

Tayyorlanishi:

Idishga illiq suv, yogurt va tuz solib aralashtiriladi.

Boshqa idishga 300 gr un elanib, unning o’rtasi chuqur ochiladi. Chuqur o’rtasiga aralashma solinadi. Chuqurning o’rtasiga o’ng qo’l bilan un va suvni soat yo’nalishida yo’naltirib, bir xil qo’shiladi. So’ngra sekin-asta  qo’shimcha un bo’lmasligi uchun, qo’lga yopishmaydigan silliq  mustahkam xamir qoriladi. Xohlasa oddiy osh xamirdan tayyorlash mumkin.

Xamir zuvala qilinib, usti 30 daqiqaga yopib qo’yiladi. So’ngra xamir 1 daqiqa mushlanadi. Aslida tandirga pishiriladigan yufkalar xamirining og’irligi 100 gr zuvalachalar bo’ladi, siz pishirish idishinggiz hajmi (tova)ga qarab, zuvalachalarga bo’liasiz. Kaft bilan  zuvalachalar dumaloq yoyiladi va bir xil siliq tekst bo’lish  kerak.

yufka-uy-sharoitida-pishirish-turkcha-lavash-jpg1

Oshxona peshtaxtasi ustiga va zuvalachaga yetarlicha (200 gr kraxmal va 2 qoshiq un qo’shib, aralashma qilinadi) unli aralashmasi sepiladi. Zuvala o’qlov yordamida pishirish idishinggiz hajmi (tova)ga qarab, xamma tomoni bir xil yupqa bo’lgan (qo’l ko’rinadigan yupqa xolatda) xamirlar yoyiladi. Yoyilgan xamir ustiga yopishmasligi uchun bir-biriga kraxmali un sepladi va  har biri o’qlovga o’raladi. Eslatib o’tamiz bu yoyilgan yufqalar pishirmasdan to’gridan to’gri turli xil shakili burek va somalar tayyorlasa ham bo’ladi.

 Qizdirilgan quruq tovga o’qlovga o’ralgan xamir yoyiladi. Ikki tomonini tovaga pishirib olinadi. Balandroq olovga xamir yumshoqroq bo’ladi, past olovda bo’lsa qotib chiqadi. 

Duxobkaga pishirilsa 180 c issiqlikda taxminan 2 minut oralgida ikki tomoni pishiriladi. Oshxona piltasida xam qizitib, 2 tomoni qizarguncha pishiriladi.

Eslatma:

Lavash pishgandan so’ngra quruq va qotiq bo’ladi va darxol istemol qilinmaydi. Shuning uchun, lavashlarning ustiga suv sepiladi yoki suvga botirilib olinadi, issiq xolatida va ho’l sochiq bilan usti yopib qo’yiladi. Sovugandan keyin selofan xaltaga solib, o’rab qo’yiladi. So’ng yupkalar yumshoq bo’ladi. Qorilgan xamirning og’irligi 500 gr bo’ladi.

Adblock
detector