Men buni o’rama somsa deb nomladim va har xil nom atashi mumkin. Bu turk bo’reklaridan biri bo’lib, oshirma xamirdan, yufqa (lavash), tayyor qatlama xamirdan va oddiy osh xamirlaridan tayyorlanadi. Qiymasi istalgan go’shtli, kartoshka, pishloq, qovoq, ismaloq va turli xil ko’katlardan tayyorlanishi mumkin. O’rarlishi ham aylana, to’rtburchak shaklida yoki kichkina qilib, yurmonqoziqchalardek shakil berilishi mumkin.
Oshirmali o’rama somsa uchun kerakli maxsulotlar:
Xamiri uchun:
- 1 kr un
- 1 osh qoshiq achitqi
- tuz
- 3-4 osh qosiq shakar
- 3-4 stakan illiq suv yoki sut
Qiymasi uchun:
- 400 gr go’sht qiymasi
- 2 dona bosh piyoz
- qovurish uchun qiymani yog’
- tabga ko’ra tuz, murch
- shirin qalampir
- 2-3 ta tuxum (birta sarigi yuzi uchun)
Yuzi uchun:
- tuxum sarig’i
- kunjut va sedana
Ichiga surtish uchun:
- sariyog’
Tayyorlanishi:
Unga tuz, shakar, achitqi va oz-ozdan illiq suv (xamirning yumshoqligiga qarab) solib, yumchoq xamir qoriladi. Ustini toza sochiq bilan yopib, issiq joyga 1 soat ya’niy ikki barovar bo’lguncha oshirishga qo’yiladi.
Ungacha qiyma tayyorlanadi. Piyoz mayda to’graladi. Qozonga ozroq o’simlik yog’i solib, qovuriladi va tuxum solib, darrov aralashtiriladi.

Qiyma va ozroq suv solib, qovuriladi. So’ng bulg’or qalampir va tuz, murch solib, balandroq olovda 4-5 daqiqa pishiriladi. Olovdan olib, sovutishga qo’yiladi va maydalangan petrusha solib, aralashtiriladi.

Yetilgan xamirni 4 zuvalaga bo’linadi.

Zuvalarini xar biri yupqa qilib, yoyiladi va sariyog’ surtiladi.

So’ng qiyma qo’yib, o’raladi va aylana qilib, speralga o’xshab o’rab chiqiladi.



Yuziga tuxum sarigi va ozroq yog’ qo’sib, yuziga surtib, kunjut sepiladi. Qizigan duxovkaga 180-200 C issiqlikda taxminan 20-30 daqiqa yuzi qizarguncha pishiriladi.



Yana kichkina shaklida somsachalar zuvallalar tayyorlasa bo’ladi. Xamir 4 ta emas 6-8 zuvalaga bo’linadi va xuddi suratdagidek shakilda berish mumkin.

Yoqimli ishtaxa!