Qiymali Oy kurrasan
Ingredients
- Qiymasi:
- 200 gr qiyma
- 1 dona piyoz
- 1 choy qoshiq tuz
- 1 choy qoshiq yanchilgan murch
- Xamiriga:
- 3 dona qaynatilgan kartoshka
- 200 gr yumshagan margarin
- 1 dona tuxum (oqi xamiriga sarig’i yuziga surtish uchun)
- 1 choy qoshiq tuz
- 1 pachka xamir qavartmasi (1 osh qoshiq)
- 450 gr un
Instructions
- Qiymasi uchun piyoz mayda to’graladi, 2 osh qoshiq o’simlik yog’i qizdirilib, piyoz va qiyma qovuriladi. Tuz , murch solib tuzi rostlanadi va sovutish uchun qo’yiladi. Xoxishga ko’ra qiyma va yanchilgan piyoz qovurmasdan solish mumkin.
- 3 dona kartoshka po’stidan tozalanib, qaynatiladi va eziladi. 10 daqiqa turadi.
- Ustiga 200 gr margarin, 1 dona tuxum oqi, 1 choq qoshiq tuz, 450 gr unga 1 pachka xamir qavartmasi aralashtirib elanadi va rogalik xamiri qoriladi.
- Xamirni 6 bo’laka bo’linadi. Xar bir bo’laklarni aylana shaklida 15 sm diametirda qlinligi 1.5 sm yoyiladi va 4 bo’laka bo’linadi.
- Uchburchak shaklida bolgan bo’laklarga keng tomoniga qiyma qo’yib, o’raladi va duxovka listiga oy shaklida rogaliklar terib chiqiladi.
- Qiymali rogaliklar ustiga tuxum sarig’i surtib kunjut yoki sedana sepib, qizdirilgan duxovkaga 175 C xaroratida 20-30 daqiqaga pishiriladi.