Tarkibi:
- 6 dona tayyor yufka (Turkcha lavash)
- 125 gr eritilgan sariyog’
- 100g suv
Qiymasi uchun:
- 1 dona piyoz
- 150 gr qiyma
- tabga ko’ra tuz va ziravor
- qovurish uchun ozgina yog’
Surish uchun:
- tuxum sarig’i (majbiriy emas, tuxum sarig’i bilan pishloq qo’shisa xam bo’ladi.)
Tayyorlanishi:
Qiyma tayyorlanadi tovaga 2 osh qoshiq yog’ solib qizdiriladi, maydalangan piyoz qoviriladi, ketidan qiyma solib, qovurish davom etiriladi. Tuz, ziravorlar tabga ko’ra solinadi. Sovutishga qo’yiladi.
Sariyog’ eritiladi va suv bilan aralashtiriladi.
Aylana shakldagi yufqalarni teng 4 bo’laka bo’lib, sariyog’li aralashmadan yufka bo’lagiga surtiladi.
Yuqoridagi rasimlardek yufka bo’lagi o’rtasidan soat yo’nalishida buriladi va chekalari to’girlab, qush ini ko’rinishda keltiriladi.
O’rta qismiga qiyma solinadi. Yufkaning cheka qisimlari bilan qiyma o’rab chiqiladi va to’nkarib, teriladi.
Shu ko’rinishida barcha somsalar keltirib, ustiga tuxum sarig’i suriladi.
180-200c xaroratida qizdirilgan duxovkaga qizarguncha pishiriladi.
Pishgach atirgul g’unchasi somsalar ustini toza sochiq bilan yopib qo’yiladi.
Qo’shimcha:
Agar sizga tayyor yufqa(lavash) bo’lmasa yoki o’xshamasa, quydagicha baklava xamiridan tayyorlab olishingiz mumkin
Xamiri uchun:
- 2 dona tuxum
- 1 stakan o’simlik yog’i
- 1 stakan yogurt yoki smetana
- 1 osh qoshiq sirka (uksus) yoki yarimra limon suvi
- 0.5 choy qoshiq tuz
- 3 stakan un
- 0.5 paket xamir qavartmasi
Idishga yog’, tuxum, yogurt, sirka, un, xamir qavartmasi va tuz solib yumshoq xamir tayyorlanadi. So’ng 20-30 daqiqa ustini yopib tindiriladi. Xoxishga ko’ra yogurt 2 osh qoshoq solib, 1 stakan sut miqdorida yumshoq xamir bo’lgunicha un solib tayyorlasa xam bo’ladi. Xamirni 12 dona mayda zuvalachalar qilinib, ustiga kraxmali un sepib, selafan paket va mato bilan usti yopib qo’yiladi, har bir zuvalalarni (200 gr kraxmal va 2 qoshiq un qo’shib aralashma qilinadi), xamirlaga kraxmal sepib, o’qlov yordamida yupqa va aylana qilib yoyiladi. yuqoridek qilinadi.