Pigodi- go’shtli piroshkilar – Tomchi.ru
Quyuq taomlar

Pigodi- go’shtli piroshkilar

Pigodi- go’shtli piroshkilar

Quyuq taomlar

Pigodi- go’shtli piroshkilar

Ingredients

  • Xamiti uchun:
  • 20 gr xamirturish
  • 1.5 choy qoshiq tuz
  • 1 choy qoshiq shakar
  • 1 dona tuxum
  • 280 ml suv
  • 500 gr un
  • Qiymasiga:
  • 400 gr go’sht
  • 350 gr karam
  • 2 dona bosh piyoz
  • tabga ko’ra murch
  • 1 bog’ petrushka
  • 0.5 choy qoshiq yanchilgan kashnich urugi
  • 30 gr sariyog
  • o’simlik yog’i

Instructions

  1. zroq miqdorda illiq suvga shakar, xamirturish va ozroq un solib, smetanaga o’xshash massa xosil bo’lguncha qo’shiladi va 12-15 daqiqa issiq joyga ko’tarilish uchun olib qo’yiladi.
  2. Idishga qolgan suv, tuxum, 1 choy qoshiq tuz va xamirturishli massa solib, qo’shiladi. Oz-ozdan un solib yumshoq xamir qoriladi. Unini sifatiga qarab ko’p yoki oz ishlatish mumkin. Qorilgan xamirni usti toza sochiq bilan yopib, issiq joyga 2 barovar ko’tarilgunch olib qo’yiladi.
  3. Karam, bosh piyoz va petrushka mayda to’g’raladi.
  4. Idishga to’gralgan karam, piyoz, qiymalagichdan chiqarilgan go’sht va tabga ko’ra tuz, murch, yanchilgan kashnich urig’i solib, yaxshilab qo’shiladi.
  5. Tayyor bo’lgan xamrni yog’ surtib, bo’lkchalarga bo’lib chiqiladi.
  6. Xar bir bo’laklar yoyiladi va o’rtasiga 1-1.5 osh qoshiq qiyma solib, pirojkilardek yoki yaxlit mantiga o’xshab tugiladi.
  7. Manti qasqon lalilari sariyog’ surtib, pigodilar oras ochiq qolgan xolda terib chiqiladi.
  8. Manti qasqon qozoniga suv qo’yub, qopqog’i berkitiladi va baland olovga suv qaynaguncha qo’yiladi. Qaynagach olovni pasaytirib, 50-55 daqiqa bug’da pishiriladi.
  9. Pishgan pigodilarni tarelkalarga solib, ustiga yog’ surtiladi. Yoniga tabga ko’ra smetana, koreys (sabzili, baqlqjonli yoki bodiringli) salatlari va achchiq sovus bilan dasturxonga tortiladi.
https://tomchi.ru/uz/pigodi-goshtli-piroshkilar/
Adblock
detector