Ismaloqdan do’lma
Ingredients
- Masalliqlar:
- 200 dona ismaloq,
- Qiymasi uchun:
- 500 gr go’sht,
- 300 gr piyoz,
- 0.5 stakan gurunch,
- 1 dona tuxum,
- ta’bga ko’ra tuz,
- ziravorlar.
Instructions
- Ismaloqning yirik barglari bandi qirqilib qaynoq suvga solinib olinadi.
- Boshqa do’lmalarga tayyorlagandek qilib yog’li go’sht qiymalanadi.
- Piyoz tozalanib mayda qilib to’g’raladi, gurunch yuvib go’sht ustiga solinib, tuxum chaqib tabga ko’ra tuz va zirvorlar qo’shib tayyorlanadi.
- Har bir ismaloq bargiga bir choy qoshiqdan qiyma solib, o’raladi.
- Qozoning ichiga likobcha qo’yib, do’lmalar teriladi va ozgina suv quyib ustiga ikkinchi likobcha bostiriladi- da, sust olovda 30-35 daqiqa davomida pishiriladi.
- Dasturxonga likopchalarda ustiga sariyog’ surtib tortiladi.