Mol go’shtidan Bujenina tayyorlash – Tomchi.ru
Quyuq taomlar

Mol go’shtidan Bujenina tayyorlash

Bujenina. Bu qiziqarli go’shtli yaxna taom, pechda pishirilgan yoki qovurilgan emas, balki qaynatilgan bo’ladi. Bujeninani issiq xolda tanavul qilinmaydi, sovuq xolda gazak sifatida tortiq qilinadi. Pishganada go’sht yumshoqina, xushbo’y va mazzali tamga ega va istagan ziravorlardan foydalansa bo’ladi. Faqatgina mol go’shti bilan emas, tovuq, o’rdak va boshqa go’shtlardan qaynatib tayyorlasa ham bo’ladi. Agar sizga dudlangan go’shtlar yoqsa suyuq dimdan solib, tayyorlash mumkin.

Kerakli maxsulotlar:

  • 850 gr mol go’shti
  • 2 dona piyoz
  • 2-3 dona dafna yaprog’i (Лавровый лист)
  • 6-9 dona to’yilmagan murch
  • 4 dona qalampir munchoq
  • 1 xovuch sariq biyoz po’stlogi
  • 1 choy qoshiq Xmeli- suneli ziravori
  • 0.5 choy qoshiq qizil qlqapir
  • 1.5 osh qoshiq tuz

Tayyorlanishi:

Mana shu maxsulotlar kerak bo’ladi.

Periprava-ziravorlar

Go’sht toza suvga bir necha marotaba yuvilib, sovuq suv solinadi va qaynashga qo’yiladi. Qaynagandan so’ng ko’pigi olinib tashlanadi va past olovga 2 soat qo’yiladi. Albatta go’shtni quruq joydan emas, yog’li go’shdan foydalanish kerak, misol uchun  bo’yin qismidan tanlash lozim.

Sho'rvo

Qozonga tuz  ko’proq solinadi. Qaynagan go’shtning suvi sho’roq bo’lishi kekrak va go’sht tuz zarur miqdorda o’ziga o’tadi. Tuzdan so’ng yaxshilab yuvilgan 2 dona piyoz va piyoz po’stlog’i va yarim bosh sarimsoq piyoz solinadi. Piyoz po’stlogi go’shtga chiroyli qizgish rang beradi. Qanchalik ko’p sariq piyoz po’stlogi solinsa shunchalik rangi chiroyli go’sht xosil bo’ladi.

Bujenina

Yana taxminan 1 soat go’sht qaynatiladi. Go’shtga sanchiq suqib ko’riladi, agar go’sht bo’lagiga engil kirsa go’sht pishgan xisoblanadi. Tayyor bo’lishidan 20 daqiqa oldin dafna yaprog’i, qalampir munchoq, to’yilmagan murch solinadi. Sovicunicha go’sht sho’rvasi bilan qoldiriladi. Agar kechga pishirilgan bo’lsa ertalabgacha 10-12 soat qoldirsa yana ham yaxshi. Ziravorlar aralashmasi tayyorlanadi: 1 2 dona sarimsoq piyoz bo’lakchalari eziladi va Xmeli- suneli, qizil qalampir zirzvorlari bilan qo’shiladi.

Mol-go'shti

Go’sht suvidan olinadi va sochiq bilan artib quritiladi, tayyorlangan ziravorlar surtiladi. Falga zar qog’oz bilan go’sht o’ralib, 1 soat sovutgichga saqlanadi.

Tayyor go’shtni mayin kesib, dasturxonga tortiladi.

Go'sht

Yoqimli ishtaxa!

Adblock
detector