Xamir tayyorlash qoidalari – Tomchi.ru
Foydali maslahat

Xamir tayyorlash qoidalari

  1. Un quruq elangan bo’lishi kerak.
  2. Suyuqlik- sut, qatiq yoki suv. Qatiq solib qorilgan xamir yaxshi va tez oshadi. Xamir suyuq bo’lib qolmasligi uchun ozgina tuz solinadi.
  3. Shakar- xamir qorishda mayda shakar ishlatiladi. Qand yoki yirik shakarni ishlatishdan oldin eritiladi. Ortiqcha shakar solingan xamir og’r bo’lib, oshishi qiyinlashadi va pishishiga yaqin yoyilib ketadi.
  4. Tuxum- sarig’i xamirni yaxshi oshirib, og’rlashtiradi. Tuxum o’rnida tuxum kukuni ishlatish ham mumkin (1dona tuxumga 1-osh qoshiq tuxum kukuni bilan 3 osh qoshiq suv to’g’ri keladi)
  5. Yog’, sariyog’, margarin, o’simlik, hayvon yog’lari- qo’shilgan xamir yumshoq bo’ladi. Ortiqcha yog’ qoshilsa ham xamirning oshishi qiyinlashadi.
  6. Opara. Iliq suv(yaxshisi sut)ga  1 choy qoshiq drojja va 1 osh qoshiq shakar qo’shilib, yaxshilab aralashtiriladi, so’ng unsolib, qaymoq holiga kelguncha aralashtiriladi. Tayyor bo’lgan eritma oshishi uchun bir oz vaqt olib qo’yiladi. Bu masalliq xamirni yaxshi oshiradi.
  7. Tuz. Tuzni xamir qoriladigan suyuqlikda eritish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, tuzni oparga ham qo’shish mumkin emas. 1 kg un yoki 0,5 l suvga 10 g, o’tkirroq maxsulot uchun 20 g tuz solinadi. Chunki tuz oshish jarayoniga salbiy tasir ko’rsatadi.
  8. Oshirma xamir. 1 kg unga 30-60 g drojja solinadi. Drojja albatta iliq suv yoki sutga eritiladi. Xamir elangan undan qoriladi. Xamir tayyor bo’lgach, uning ustiga ozgina un sepib, qalin sochiqqa o’rab, iliq qoyga olb qo’yiladi. Xamir 2-3 soat o’tgach, mushtlab pishitiladi va yana o’rab qo’yiladi. Pishirishdan avval xamirning ustiga tuxum sarig’i, sut bilan qahva, sut bilan shakar yoki tuxum oqi bilan suv aralashmasi surilsa, xamir qizarib pishadi.
  9. Uvalanadigan xamir. Uvalanadigan xamirni tayyorlash uchun 3 stakan un, 1 stakan shakar, 300 gr sariyog’ yoki margarin, 2 ta tuxum kerak bo’ladi. Bunda eng avvalo sariyog yoki margarin, shakar va tuxum tog’orada yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra un qo’shib, xamir qoriladi. 3-5 daqiqa tingandan keyin xamir muzlatgichga  yarim soat turishi kerak. Xamir muzxonadan olingandan so’ng yupqa qilib yoyiladi. Aks holda yaxshi pishmaydi. Bu xamirdan turli shakldagi pechene, pirojniy, tortlar pishirish mumkin.
  10. Uvalanadigan xamirdan tort.  Bu tortni tayyorlash uchun yuqorida ko’rsatilgan tartibda xamir qoriladi. Xamir uch zuvalaga bo’linadi. Hammasi bir xil shaklda va bir xil o’lchamda yoyiladi. Alohida-alohida pishirib olinadi. Yoyilmaning chetidan ortib qolgan xamir ham pishiriladi, uqalanib maydalanadi va tortning yonlariga urvog’i sepiladi.

Pishirilgan yoymalar sovugandan keyin orasiga krem yog’i, quyuq murabbo yoki povidlo surtib, bir-biriga yopishtiriladi. Tortning usti krem bilan bezatiladi, qand upasi sepiladi. Tayyor bo’lgan tort 4-5 soatdan keyin dasturxonga tortiladi.

Adblock
detector