So'nggi xabarlar
Home / Shirinliklar. / Pirojniylar / Uchburchak pirojniy
Uchburchak pirojniy

Uchburchak pirojniy

Uchburchak pirojniy

Uchburchak pirojniy

Kerakli maxsulotlar:

  • 4 dond tuxum
  • 1.5 stakan shakar
  • Yarim stakan (100ml) o’simlik yog’i
  • Yarim stakan (100ml) sut
  • 1 paket vanilin
  • 1 paket xamir qavartmasi (razrexlitel)
  • 2.5 stakan + 2 osh qoshiq un

Shkaladli glazuri uchun:

  • 2 stakan sut
  • 3.5 osh qoshiq kakao
  • Yarim stakandan ozgina ko’proq shakar

Bezak uchun:

  • 2 stakan kakos qirindisi

Tayyorlanishi:

Idishga tuxum va shakar solib,  oppoq ko’pik xosil bo’lib, shakar erigunga qadar 5 daqiqa ko’pirtiriladi. Sut, o’simlik yog’i va vanilin solib, xammasi bir xil qo’shulguncha aralashtiriladi. Un va xamir qavartmasi elakdan o’tqazib, suyuq aralashmaga qo’shib aralashtiriladi. Listni yonlari bilan birga yog’lanadi va xamir quyib, bir xil tekislikda tekislanadi. Qizdirilgan duxovkaga 180 C   issiqlikda taxminan 20-25  daqiqa qizarib pishgunga qadar pishiriladi. Pishganini bilish uchun gugurt cho’pi suqub ko’riladi, agar cho’p quruq chiqsa pishgan xisoblanadi. 

 Pirog pishguncha glazur tayyorlanadi:

Kastrulga shakar va kakao solib, qo’shiladi va sut solib aralashtiriladi. Kastrolni gaz ustiga qo’yib, qaynatiladi. Qaynagach gazdan olinadi.

Pishgan pirog sovutiladi. So’ng bir xil tortburchak shaklda kesiladi va xar bir tortburchakning o’rtasidan qiyalikda uchburchak shakil  keltiriladi.

Uchburcha shaklidagi pirojniylarni shokoladli glazurga 3 yon tomonini botiriladi. So’ng kakos qirdisiga bulab, olinadi. Tayyor pirojniylar 2 soat sovutgichga yoki salqin joyga olib qo’yildi. 

  

Yoqimli ishtaxa!

About admin

Check Also

Kapkeyki «Qizil baxmal».

Kapkeyki «Qizil baxmal».

Kapkeyki «Qizil baxmal».   Xamir uchun: 220 gr un 180 gr shakar bir chimdim tuz …

Fikr bildirish