Kerakli maxsulotlar:
Xamiruga
- 2 stakan un
- 125 gr sariyog’
- 150 gr shakar
- 1 chimdim istemol sodasi yoki xamir qavartmasi (разрыхлитель)
Nachinkasi:
- 2 chimdim vanilin
- 3 dona tuxum
- 500 gr tvorog
- 150 gr shakar
Tayyorlanishi:

Unga xona haroratida erigan sariyog’, shakar, xamir qavartmasi solib, urvog’ qilinadi. Qolipga pishiriq qog’ozi to’shab, ushog’ning teng yarmi solinadi. Qolib bo’lmsa duxovka listiga pihirish mumkin.

Alohida idishga tvorog, qolgan shakar, vanilin va tuxum solib, bir xil holatda massa bo’lguncha qo’shiladi va urvog’ni ustiga quyib, bir xil tekistda tekislanadi.

Qolgan yarim urvogli xamirni ustidan bir tekisda sepib, qizib turgan duxovkaga 190c issiqlikda taxminan 35 daqiqa pishiriladi.

Tayyor pirog dasturxonga tortiladi. Yoqimli ishtaxa.
Agar siz duxovka listi barovar tort pishirishni hoxlasangiz shu maxsulotlarni ikki barovar qilib, tayyorlab pishirasiz.