Kerakli maxsulotlar:
Tuxum oqidan tortning asosi:
- 100 gr – shakar
- 100 gr – shakar upasi
- 4 dona – tuxum oqi (oqsil)
- 0,5 dona – limon po’stlog’i
- 0,5 dona – limon sharbati
- 1 – chimdim tuz
Toza idishga (muhim, idish va mikser ko’pirtirgichi yog’ bo’lmasligi kerak) tuxum oqi solinadi. Ozroq tuz sepib, barqaror qattiq ko’pik hosil bo’lguncha ko’pirtiriladi.
Shakar oz-ozdan solib ko’pirtirishda davom etamiz.
Oqsilli massaga limon po’stlog’i va shakar upasi solib, qoshiq yordamida extiyotkorlik bilan aralashtiriladi. Limon sharbati solib, yana aralashtiriladi.
Pishiriq qog’oziga aylana chiziladi. Aylana ichiga oqsilli massa oz-ozdan solib, pichoq pilan shakl beriladi. (Qandolot qopchasi yordamida quyib chiqsa ham bo’ladi).
150 C haroratda 25-30 daqiqa pishiriladi. (Muhim, pishguncha duxovkani ochmaslik kerak).
Pishgan tort asosi xona haroratida sovutiladi. (sovutgichga qo’yish yoki ko’chga chiqarish kerak emas. Aks holda tortimiz asosi suv ajratib o’tirishadi).
Krem va bezagi uchun:
- 250 ml – sut
- 200 ml – qaymoq (33-35%)
- 100 gr – shakar upasi
- 4 dona – tuxum sarig’i
- 30 gr – un
- 0,5 dona – limon
- Vanil
- Qulupnay
- Rayxon yashilidan yoki yalpiz
Tortimiz uchun krem ikki qisim dan iborat.
1.Zavarnoy krem tayyorlanadi. Zavarnoy krem tayyorlash.
2.Qaymoq yaxshilab ko’pirtiriladi. (Qaymoqni kopirtirishdan oldin, qaymoq ko’pirtiriladigan idish va mikser ko’pirtirgichi muzlatgichga 10 daqiqa qo’yiladi).
Zavarnoy kremga kopirtirilgan qaymoq solib, bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi.
Sovugan tortimiz asosi, o’rtasiga qoshiq yordamida bosib chuqurch hosil qilamiz. Shu chuqurga krem quyiladi.
Tort mevalar bilan bezatiladiva shakar upasisepiladi. Bu yog’i sizni fantaziyangizga bogliq.