Snikers torti – Tomchi.ru
Tortlar

Snikers torti

Snikers torti

Tortlar

Snikers torti

Ingredients

  • 2 dona tuxum
  • 100 gr shakar
  • 1 st smetana (yog’siz)
  • 3 osh qoshiq kakao
  • 1 o’ram xamir qavartmasi (Разрыхлитель)
  • 2 st un
  • 250 gr sariyog'(uy xaroratda bolishi lozim)
  • 200 gr yer yong’oq (qovirilgan sarg’ish xolatida)
  • 100 gr quyultirilgan sut
  • 1 st shirin suv
  • 1 o’ram vanilin
  • 250 gr sutli shokalad plitkasi
  • 1 st qaymoq
  • 1 osh qoshiq konyak

Instructions

  1. Biskivit nonini tayyorlash:
  2. Tuxum, shakar va smetana aralashtiriladi, bir xil massa bo’lgunucha. Keyin oldindan tayyorlab qo’yilgan massa, unga xamir qavartmasi, kakaoni solib elakdan o’tqazib qoshiladi. Zarur bo’lsa tarkibdagi maxsulotlar ko’proq qo’shish mumkin, xamir quyuq smetana xolatida bo’ladi. Agar tuxum katta bo’lsa smetana va un ko’z bilan chamalab solinadi.
  3. Qolipni yog’lab, pishiriq qogozi to’shab, 200-220c issiq xaroratda 2 qisim qilib pishiriladi.
  4. Krem tayyorlash:
  5. Sariyog’ni ko’pirtirib oz ozdan quyultirilgan sut solib krem tayyorlanadi. Yer yong’oqni yaxshilab qovuriladi past olvda qizg’ish tusga kirguncha, maydalaniladi bo’lakchalarga, agar bolalar uchun bo’lsa mayin ezsa xam bo’ladi.
  6. Xar bir biskivit nonlarini orasiga avval shirin suv sepib, keyin krem surtib yong’oq sepiladi.
  7. Glazur tayyorlsh:
  8. Eritilgan shokaladga qaymoq va konyak qo’shib, aralashtiriladi.
  9. Tortning hamma tomonlariga glazur quyib chiqiladi. Glazur sovumagan xolda bezatiladi yong’oq bilan.
  10. Yer yong’oq o’rniga istagan yong’oq ishlatish mumkin.
https://tomchi.ru/uz/snikers-torti/
Adblock
detector