Shirchoy
Ingredients
- 2.5 litr sut
- Quruq choy
- 50 gr sariyog’
- Tuz
Instructions
- Idishda 0,5 litr suv qaynatiladi, unga kichkina qoshiqda choy tashlanadi, olov past qilib qo’yiladi.
- Choyning shamasi yozilib, quyuq shira berganda, 2 litr sut quyib, 30-35 daqiqa pishiriladi.
- So’ng ozroq tuz va 50 gr sariyog’ solinadi.
- 15-20 daqiqa miltirab qaynagach, idishlarga solib dasturxonga tortiladi.