Napoleon tort – Tomchi.ru
Tortlar

Napoleon tort

Napoleon tort

Tortlar

Napoleon tort

Ingredients

  • Xamiri uchun:
  • 400 gr sariyog’,
  • 8 stakan un,
  • 1 stakan suv yoki sut,
  • bir chimdim tuz.
  • Kremi uchun:
  • 1 litr sut,
  • 2 dona tuxum,
  • 1 stakan shakar
  • 3 osh qoshiq un
  • 150-200 gr sariyog’

Instructions

  1. Unni ustiga muzdek sariyog’ni qirgichdan chiqariladi va un bilan uqalaniladi.
  2. Tuzli sovuq suv solib, oxistalik bilan xamir qilinadi. 30 daqiqa dam olgandan so’ng, 3 marobata xamir yoyilib, konvert shakilda keltiriladi. Keyin 6 bo’llaka bo’lib, bir idishga solib ustini sochiq bilan yopib qo’yiladi.
  3. Har bittasini olib, 2-3 mm qilib yoyiladi, yoyganda un sepib yoysangiz bo’ladi, yopishmaydi, yoyilgan hamirni tog’irlab, shakl qo’yib kesib olinadi shunda hamirlar hamasi bir hilda chiqadi.
  4. Chetidan kesilgan qiyqimlarni yana birlashtirib, sochiqni tagiga qo’yib qo’yiladi, ohirida yana bir qavat hamir chiqadi. Pishirib, maydalab ustiga sepish uchun kerak bo’ladi.
  5. Duhovka listiga pergament qog’oz yozib, hamirni joylashtirib, birqancha joyidan vilka bilan teshib, oldindan isitilgan duxovkada, 200 darajada qizarib chiqquncha pishirib olinadi.
  6. Har bir hamirni huddi shu usulda pishirib olinadi.
  7. Tuxum, shakar, un aralashtiriladi bir xil massa bo’lguncha so’ng sut solib yana aralashtirib gazga qo’yiladi, past olovga quyulgancha qaynatiladi.
  8. Ustini poletilin paket bilan yopib, sovutishga qiladi. Sovugach sariyog’ bilan ko’pirtirilib, krem tayyorlanadi.
  9. Tort yasash uchun oldin tort uchun mos idish yoki podnos qo’yib ustidan pergament qog’ozni kattaroq qilib kesib qo’ying, ustiga maydalangan hamir sepganda chetga to’kilib ketmasligi uchun. Yoki tortni dasturhonga butun qo’yadigan bo’lsangiz, tort idishini chetiga pergament qog’ozdan eni 5 cm qilib kesib qo’yib, to’rt tayyor bo’lganda, qog’ozlarni olib tashlaysiz, idish ham toza turadi.
  10. Pishgan hamirni tayyorlangan idish ustiga qo’yib, ustidan bir tekkislikda qilib krem surib, ikkinchi hamirni qo’yiladi, shu shaklda hamma qavatlarni orasiga krem surib, ohirida ustiga va yonlariga krem surib, bitta qavat hamirni yaxshilab maydalab, ustidan sepib chiqiladi.
  11. Tayyor tortni ustidan kengroq qilib strech plenka bilan o’rab, xolodilnikka krem hamirga singishi uchun 6-12 soatga qo’yib qo’yiladi.
  12. Napoleon tort tqyyor Yoqimli ishtaxa!
https://tomchi.ru/uz/napoleon-tort/
Adblock
detector