Tarkibi:
- 3 st un
- 250 gr sariyog’
- 170 gr shakar (taxminan 1 st)
- 1 o’ram xamir qavartmasi (разрыхлителя )
- 2 dona tuxum
- 5 osh qoshiq kakos qirindisi
Tayyorlanishi:
- Birinchi tuxumlarni oqidan sarig’in ajratib olinadi.
- Idishga un elanadi, ustiga xamir qavartmasi, shakar, yumshagan sariyog va tuxum sarug’i solinadi. Xammasini yaxshilab aralashtirib, xamir qilinadi.
- Xamirdan yong’oq kattaligida zuvalachalar qilinadi.
- Zuvalachalar tuxum oqiga, so’ng kakos qirindisiga boririlib olinadi.
- Pishiriq qog’ozi to’shalgan listga pechenilar terib, qizdirilgan duxovkaga 180 C issiqlikda taxminan 15-20 daqiqaga qizarguncha pishirib olinadi.