To’yimli pirog kartoshka va go’sht qiymasidan – Tomchi.ru
Pishiriqlar

To’yimli pirog kartoshka va go’sht qiymasidan

  • Kartoshka   4-5 dona
  • Bosh piyoz   2 dona
  • Go’sht qiymasi  400-500 gr (tovuq yoki mol go’shti)
  • Smetana yoki kefir   100 gr
  • mayonez   100 gr
  • Un  1 stakan
  • Iste’mol sodasi  1/2  choy qoshiq
  • Tuz va maydalangan qora muruch  tabga ko’ra
tova

Qolibni yoglab manniy krupa sepamiz. Kartoshkadan kesilgan aylanachalani terib chiqamiz. Tuz sepamiz.

farsh5

Keyin tuz ziravorlar qo’shilgan go’sht qiymasini solamiz.

piyoz4

Qiyma ustiga maydalangan bosh piyoz solamiz, tuz va  maydalangan qora muruch  tabga ko’ra.

javoblar

Xamir tayyorlaymiz, tuxum, smetana, tuz, mayonez, un, iste’mol sodasi aralashtirib piyoz ustiqan quyiladi.

180-190 C qizdirilgan pechda 45-50 minut pishiramis. Qolibdan sovugandan so’ng olamiz.

Maslahat: Quyon go’shtidan foydalansangiz judaham mazzali parhez taom chiqadi.

Quyon go’shti juda kam yog’ va natriy tuziga ega. (Taqqoslash uchun: yosh quyonlar go’shtida – 5,1% , mol go’shtida – 11,4%, tovuq broyler go’shtida – 16,8%, kurka go’shtida – 22,9%, qo’y go’shtida – 27,9%, cho’chqa go’shtida – 33,3% yog bor).

Quyon go’shti vitaminlar va minerallar tarkibiga ko’ra mol, qo’y, cho’chqa go’shtidan sezilarli afzaldir. Unda V va RR vitaminlari, temir, fosfor va kobalt ancha ko’p, marganets, ftor va kaliy bor.

Uning ta’mi tovuq go’shtiga qaraganda yoqimliroqdir.

Har kungi odatiy dasturxonga tushlik yoki kechgi ovqatga oilangizni to’yimli va mazali taom bilan xushnud eting.

Yoqimli ishtaxa!

Adblock
detector