Salat «Tovuqcha»
Ingredients
- Tuxum – 3 dona
- Jo’xori donalari (konservalangan) – 3 osh qoshiq
- Qaynatilgan tovuq go’shti yoki (kraboviy palichki) – 100 gr
- Bosh piyoz – 1 dona
- Mayonez (yoki smetana) – tabga ko’ra
- Kartoshka – 2 dona
- Yumshoq pishloq – 1 qadoq
- Pamidor – bezagiga
- Zaytun donalari – bezagiga
- O’simlik yog’i
- Tuz – tabga ko’ra
Instructions
- Tuxum qaynatib, tozalanadi. Kanservalangan jo’xori suyuqligi to’kib tashlanadi. Qaynatilgan go’sht va piyoz mayda to’g’raladi. Kartoshka somoncha shaklida to’g’rab tuz sepib qokuriladi.
- Qaynatilgan tuxum oq qismi ajratib olib maydalanadi (qirg’ichdan chiqarsaham bo’ladi). Tuxum sarig’i, jo’xori donalari, maydalangan go’sht va piyoz aralashtiriladi.
- Mayonez yoki smetana solib aralashtiriladi. Tabga ko’ra tuz sepiladi.
- Salatdan likopchaga tovuq shakli yasaladi.
- Ustidan maydalangan tuxum oqi sepiladi.
- Zaytun donalaridan «dumi», «qanoti» va «ko’zi» yasaladi. Pamidordan «tumshug’i» va «toji» yasaladi.
- Kartoshka fridan tovuq uyi yasaladi.
- Yumshoq pishloq qirg’ichdan chiqariladi va tuxumchalar yasaladi. Salat «tovuqcha» tayyor!
- Qaynatilgan tuxum ishlatiladigan barcha salatlardan Salat «tovuqcha» qilsa bo’ladi.
- Yoqimli ishtaha!
- Hamma yurtdoshlarimizga yangi yilda sog’liq, omad va baxt tilab qolamiz!!!