Quyon go’shtidan mazzali taom tayyorlash uchun ko’b kuch ma maxsulot zarur emas. Quyon go’shti parxez, tarkibida yoglar judaham kam. Quyon go’shti o’zining ajoyib kimyoviy tarkibi bilan boshqa go’shtlardan ajralib turadi.
Kerakli maxsulotlar:
- 1 – dona quyon
- 1 – dona sabzi
- 1- dona piyoz
- 4 – osh qoshiq sariyog’
- 8 – dona kartoshka
- 1,5 – choy qoshiq tuz
- 0,5 – choy qoshiq murch
Tayyorlash jarayoni:
Qovurilgan quyon go’shti va kartoshka toyyorlash uchun kerakli maxsulotlar.
Quyon go’shti bo’laklarga bo’linadi, tuz (1 choy qoshiq) va murch sepiladi.
Piyoz va sabzi archiladi, yuvib mayda to’g’raladi.
Tovada yog qizdiriladi (2 osh qoshiq sariyog’). Quyon go’shti bo’laklari solinadi. Baland olovda 3 – 5 daqiqa qovuriladi. Go’sht bo’laklari ag’darib turiladi ikki tomoni ham qizarishi uchun.
Sabzavotlar solinadi, go’sht bo’laklari bilan birgalikda qovurishda davom etamiz (5 – 7 daqiqa).
Endi go’shtni duxovkada dimlash kera. Siz o’zingizga qulay tova, qozon (issiqqa chidamli qopqog’i bolishi kerak) yoki falgadan foydalanishingiz mumkin. Qovurilgan sabzi, piyoz va go’sht solinadi. Ustidan yarim sitakan qaynoq suv quyiladi qopqog’i yopib, qizzib turgan duxovkaga qo’yiladi. Pishishi uchun taxminan 30 daqiqa vaqt kerak 190 C darajada.
Kartoshka archib, yuvib to’g’raladi. 2 osh qoshiq sariyog’ qizdiriladi. Maydalangan kartoshka solib qovuriladi (o’rta olovda 15-20 daqiqa). Tuz sepiladi (0,5 choy qoshiq).
Mazzali qovurilgan quyon go’shti tayyor!