Ingredients
- Oddiy karam
- tuz
- suv
- 2-3 osh qoshiq tuyilgan achchiq qalampir,
- 2 osh qoshiq shirin qalampir,
- 1 osh qoshiq yanchilgan kashnich urug’i
- 5-6 bo’lak sarimsoqpiyoz
Instructions
- Oddiy bosh karam 4 bo’lakka bo’lib, 2-3 kunga tuzli suvga botirib qo’yiladi.
- Karamlar yuvib, maydalanadi (istalgan kattalikda to’g’raladi).
- Tuzli suv tayyorlab olinadi: 1-litr suvga 1-2 osh qoshiq tuz (karamning qanday tuz olganiga qarab tuz ishlatiladi), tuyilgan achchiq qalampir, shirin qalampir, yanchilgan kashnich urug’i va maydalanilgan sarimsoq piyoz solib aralashtiriladi.
- Tuzli suv karamga solib yana bir kecha xona xaroratida saqlab, so’ng sovutgichga tayyor bo’lguncha saqlanqdi.
- Oddiy karamdan Chimchi tayyor yoqimli ishtaxa!
Notes
Karam inson salomatligi uchun juda ham foydali maxsulot. Karam tarkibida qandlar, organik kislotalar, vitaminlar (С, Р, В, В2, РР, К, Е) va karotin, pantoten va folat kislotalar, yog’, fermentlar, fitonsidlar, kaliy, kalsiy, yod, marganes, temir va boshqa elementlarning tuzlari bor. Bevosita ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va kanserva holida istemol qilinadi. karam xalq tabobatida turli kasalliklarga ishlatiladi, organizmdan xolesterinning chiqib ketishini tezlatadi. Karamda biriktiruvchi modda ko’p. unda kaliy, qand, oltingugurt, kalsiy, fosfor, yog’lar, laktoza mavjud.