Salat «Zumrad» uchun tarkibi:
- Bosh piyoz 1 dona
- Pishloq 100gr
- Qo’ziqorin 150 gr
- Tuxum 3 dona
- Kolbasa yoki qaynatilgan go’sht 200 gr
- Mayonez
- Tuz
- Bodring (bezagiga) 2 dona

Qo’ziqorin qaynatiladi.

Kolbasa yoki go’shtni kubikcha shaklida maydalaymiz.

Tuxumni qaynatib, tozalab kubikchalar kesiladi.

Bosh piyozni maydalab ozroq o’simlik yogida qovuriladi.

Qaynatilgan qo’ziqorinni ham maydalab yog’da qovuriladi. Qizarguncha

Pishloqni (Сыр) qirgichdan chiqariladi

Hamma maydalab to’gralgan maxsulotar qo’shiladi, mayonez solib aralashtiriladi. Yoyma idishga tog’cha qilib shakl beramiz.
Bodringdan yupqa parrakchalar kesib, salat bezatiladi.
Yoqimli ishtaha!