«Visola» somsa – Tomchi.ru
Pishiriqlar

«Visola» somsa

«Visola» somsa

Pishiriqlar

«Visola» somsa

Ingredients

  • Xamiriga:
  • 1 kg un
  • 500 ml sut
  • 1 choy qoshiq xamirturish
  • 2 pachka margarin
  • Qiymasiga :
  • 500 gr qiyma
  • 1 bosh piyoz
  • tabga ko’ra tuz murch

Instructions

  1. Illiq sutga tuz, xamirturish solib aralashtiriladi. Kam-kamdan un qo’shib, xamir qoriladi.
  2. Xamir bir soat davomida tindirilgandan so’ng ikkita katta katta zuvalalarga bo’lib yoyiladi.
  3. Yoyilgan xamirga margarin surtiladi. Keyin xamir to’tburchak holiga kelgunicha konvert shaklida o’ralaveriladi.
  4. Bu jarayonda har bir qavatga margarin surtilishiga axamiyat berish lozim.
  5. Qalinligi 3-4 sm bo’lgan konvertni selofan xaltachaga o’rab, 1-2 soatga muzlatgichga qo’yiladi.
  6. Shundan so’ng xamir 0.5-1 sm qalinlikda yoyiladi va to’rtburchak shaklida kesiladi.
  7. Orasiga qiyma solingan somsa ro’molni buklagandek bukiladi. Chekasidan 1-1.5 sm joy qoldirib, barmoqlar bilan bosib chiqiladi, yoki sanchqi (вилка ) yordamida bosib chiqiladi.
  8. Darvoqe, xamirni to’rtburchak qilib kesishdan avval konvertni chekalarini ingichika qilib kesib olinadi.
  9. Shunday qilinsa, somasaning varaqlari ochiladi. Tayyor somsalar usti yopilib, 1 soat chetga olib qo’yiladi.
  10. Shundan keyin qizigan duxovkaga 30-40 daqiqa davomida pishirib olinadi.
http://tomchi.ru/uz/visola-somsa/
Adblock
detector