Zarurli maxsulotlar:
- 500 gr mol g’oshti qiymasi,
- 200 gr qo’ziqorin,
- 2 dona tuxum,
- 1-2 dona kartoshka,
- 1 bosh piyoz,
- 3 osh qoshiq non talqoni,
- 2 osh qoshiq mayonez,
- 1 bo’lak sarimsoqpiyoz,
- o’simlik yog’i,
- tuz,
- murch.
Tayyorlanishi:
Qiymaga kartoshka mayda tishli qirg’ichdan chiqarib, qo’shiladi. Sarimsoqpiyoz ezib, solinadi.
Endi 1 dona tuxum, mayonez va tuz, murch qo’shib, yaxshilab aralashtiriladi.
Qo’ziqorini ustki yupqa po’sti tozalanadi. Piyoz ikkalasi to’rtburchak shakilda maydalanadi.
2 osh qoshiq qizdirilgan o’simlik yog’ida piyoz va qo’ziqorinlar 5 daqiqa qovuriladi. So’ngra olovni paysatirib, 7-8 daqiqa dimlanadi. Tabga ko’ra tuz sepishni unutmang.
Qiymadan aylanalar yasab, o’rtasiga qo’ziqorinli aralashmadan solinadi-da kotlet ko’rinishida keltiriladi.
Tuz bilan ko’pirtirilgan tuxumga kotletlarni solib olgach, non talqoniga belanadi.
Kotletlarni qizdirilgan o’simlik yog’ida ikkala tomoni qizartirib, jami 7 daqiqa qovurgach, 180 darajada qizdirilgan gaz pechiga 15 daqiqaga qo’yib olinadi.
Yoqimli ishtaxa!