Turkcha somsa – Tomchi.ru
Pishiriqlar

Turkcha somsa

Kerakli maxsulotlar:

Xamiriga:

  • 250 gr sariyog’,
  • 1 piyola smetana yoki qatiq,
  • 3 piyola un,
  • 1 choy qoshiq tuz
  • 0.5 choy qoshiq xamir qavartmsi yoki istemol sodasi.
  • ustiga surish uchun: 1 dona tuxum sarig’i.

Qiymasiga:

  • 500 gr yogli go’sht,
  • 2 dona piyoz,
  • tabga ko’ra tuz va ziravorlar.

Tayyorlanishi:

Uy xaroratida erigan sariyog’ bilan uni uqalaymiz, tuz  va xamir qavartmasi solib aralashtiramiz (agar istemol sodasi solsangiz smetanaga qo’shiladi). So’ng smetana solib, yumshoq xamir qoramiz. 

Qiymani tayyorlaguncha xamirnu ustini yopib qo’yamiz.

Go’sht va piyozni go’sht qiymalagizdan chiqarib, tabga ko’ra tuz va ziravorlar solib aralashtiramiz.

Xamirni 3 yoki 4 zuvalaga bo’lib yoyamiz va 3 barmoq kengligida lentalar kesib chiqamiz.

Qiymalarni yong’oq kattallida olib uzunchoq shakil berib lentalar bilan o’rab chiqamiz suratdagidek.

Tayyor yarim somsalarni laliga terib chiqib tuxum sarig’i surtib chiqamiz va ustiga kunjut sepamiz. 180 darajada qizdirilgan duxovkada qizarib pishguncha pishirib olamiz.

Turkcha somsamiz tayyor.

Yoqimli ishtaxa!

Adblock
detector