Turkcha paxlava (baklava) – Tomchi.ru
Shirinliklar

Turkcha paxlava (baklava)

Turkcha paxlava (baklava)lar  siz azizlarga xar xil ko’rinishda tayyorlash jarayoni va tugilish uslublari bosqichma-bosqich  yozib o’tiladi.

Kerakli maxsulotlar:

Xamiri uchun:

  • 2 dona tuxum
  • 1 stakan  o’simlik yog’i
  • 1 stakan yogurt yoki smetana
  • 1 osh qoshiq sirka (uksus) yoki yarimra limon suvi
  • 0.5 choy qoshiq tuz
  • 3 stakan un
  • 0.5 paket xamir qavartmasi

Qiyomi uchun:

  • 3 stakan shakar
  • 2.5 stakan suv
  • yarimta limon suvi

Yuziga surtish uchun:

  • 1.5 stakan sariyog’ va
  • o’simlik yog’i aralashmasi

Ichiga solish uchun:

  • 250 gr yong’oq

Xamirni yoyish uchun:

  • un va kraxmal

Tayyorlash:

Idishga yog’, tuxum, yogurt, sirka, un, xamir qavartmasi va tuz solib yumshoq xamir tayyorlanadi. So’ng 20-30 daqiqa ustini yopib tindiriladi. Xoxishga ko’ra yogurt 2 osh qoshoq solib, 1 stakan sut miqdorida yumshoq xamir bo’lgunicha un solib tayyorlasa xam bo’ladi.

Ungacha qiyomi tayyorlanadi. Kastrolga shakar va suv solib qaynatiladi 5 daqiqadan so’ng limon suv solinadi va bir1-2 daqiqa qynatib olib, qo’yiladi sovutish uchun.

Xamirni 12 dona mayda zuvalachalar qilinib, ustiga kraxmali un sepib, selafan paket va mato bilan usti yopib qo’yiladi, har bir zuvalalarni (200 gr kraxmalga 2 qoshiq un qo’shib aralashma qilinadi), xamirlaga kraxmal sepib, o’qlov yordamida yupqa va aylana qilib yoyiladi.

Burama baklavasi:

 paxlava (baklava).

Yupqa yoyilgan xamirga yong’oq yoki xandon pista sepiladi.

burama paxkava

Rasmda ko’rsatilgandek yoyilgan xamirni boshidan o’qlovni qo’yib, xamir o’qlovga o’raladi va xamirning ikki uchidan, xamirga xavo qoldirgan xolda buraladi.

So’ng o’qlovdan oxista olinadi. Tayyor burama baklavani duxovka lasiga terib qo’yiladi.

Qolgan zuvala xamirlar ham shu shaklida tayyorlanadi va ustiga eritilgan sariyog’ va o’simlik yog’i aralashmasi paxlavalar ustidan surib chiqiladi.

Qizigan duxovkaga 190 C  issiqlikda qizarguncha pishiriladi. So’ng sovigan qiyomga 1-2 daqiq burama baklavalar botirib qo’yiladi.

Burama baklava qiyomini tortib olishi uchun 1-2 soat qo’yiladi. Keyin yuziga yong’oq yoki xandon pista sepib bezatiladi

burama paxkava

Gul baklavasi:

gul paxlavasi

Yupqa yoyilgan xamir 4 bo’lakka bo’linadi va o’rtasidan barmoqlar yordamida soat sterelakasi yo’nalishida oxista buraladi.

250 gr yong’oq va 1 stakan qovurilgan un aralashtiriladi

Ichiga yong’oqli aralashma solib, suradagidek tugildi.

gul paxlavasi2
gul paxlavasi
gul paxlavasi

So’ng duxovka lalisiga teriladi. Qolgan zuvala xamirlar ham shu shaklida tayyorlanadi va ustiga eritilgan sariyog’ va o’simlik yog’i aralashmasi paxlavalar ustidan surib chiqiladi va qizigan duxovkaga 190 C  issiqlikda qizarguncha pishiriladi.

Keyin sovigan qiyomga 1-2 daqiq guli baklavalar botirib qo’yiladi.

Guli baklavalar qiyomin tortib olishi uchun 1-2 soat qo’yiladi.

gul baklavasi

yoki

gul baklava

Garmoshka baklavasi:

garmoshka-baklavasi

Yupqa yoyilgan xamir 4 bo’lakka bo’linadi.

Har bir bo’lak, uchli tomondan oxista barmoq yordamida keng tomon etiladi.

Qolgan ikki uchi birlashtiriladi.

Yong’oq qo’yip uchi bilan o’ralib yopiladi. Rasimdagidek qilinadi.

Tugilgan paxlavalar duxovka lalisiga terib aralashmali sariyog’ surtib 170 C issiqlilda qizarguncha pishirib olinadi.

So’ng sovigan qiyomga1-2 daqiqa botirib qoyiladi. Garmoshka baklavalar qiyomin tortib olishi uchun 1-2 soat qo’yiladi. Keyin yuziga yong’oq yoki xandon pista sepib bezatiladi.

Adblock
detector