Tovuq go’shtidan kotlet – Tomchi.ru
Quyuq taomlar

Tovuq go’shtidan kotlet

Tovuq go’shtidan kotlet

Quyuq taomlar

Tovuq go’shtidan kotlet

Ingredients

  • Kerakli maxsulotlar:
  • Tovuq go’shti (laxm) – 650 gr
  • Baton noni – 3 bo’lak
  • Sabzi (maydasidan) – 1 dona
  • Bosh piyoz – 1 dona
  • Tuz, murch – tabga ko’ra
  • Shakar – 1 choy qoshiq
  • Sut (nonni ivitish uchun) – 50 ml
  • O’simlik yog’i – 50 ml
  • Nachinka uchun:
  • Tuxum (qaynatilgan) – 2 dona
  • Pishloq (sir) – 100 gr
  • Klyar uchun. (Suyuqlik, katletlarni qovurishdan oldin botirib olish uchun):
  • Mayonez – 100 gr
  • Tuxum – 2 dona
  • Un – 100 gr

Instructions

  1. Tovuq go’shti qiymasi sotib, olinadi yoki uyda tayyorlanadi (Tarkibiga yog’i ham bo’lishi kerak. Qo’y yoki mol yog’i). Piyoz tozalanadi. Sutga non ivitiladi ikki daqiqa va siqib olinadi. Piyoz, non va qiyma qo’sht qiymalagichdan chiqariladi. Sabzi mayda tishli qirg’ichdan chiqarib qiymaga solinadi. Tuz, murch, shakar solib, yaxshilab aralashtiriladi.
  2. Nachinka tayyorlash.
  3. Qaynatilgan tuxum va pishloq kichik tishli qirg’ichdan chiqarib aralashtiriladi.
  4. Klyar tayyorlash.
  5. Mayonez va tuxum ko’pirtiriladi va oz-ozdan un solib aralashtiriladi. Ozroq tuz sepiladi. Klyar aralashma tayyor.
  6. Qiymadan bir xil kattalikdagi koptokchalar yasaladi. Barmob yordamida koptokchalar o’rtasiga chuqurchalar hosil qilinadi. Chuqurchalarga bir choy qoshiqdan nachinka solib kotlet shakli beriladi.
  7. So’ng klyar suyuqlikga botirib, past olovda qovuriladi tilla rang tusga kirguncha.
  8. Yoqimli ishtaha!
https://tomchi.ru/uz/tovuq-goshtidan-kotlet/
Adblock
detector