Tovuq go’shtidan koreyscha xe salati – Tomchi.ru
Salatlar

Tovuq go’shtidan koreyscha xe salati

Salatlar

Koreyscha xe salatlar turi juda ham ko’p tovuq go’shtili, baliqli, mol go’shtili, ishkambali, yurakli va xokazo… Shulardan birini sizlaga  tovuqli xe salati tayyorlashni taqdim etamiz.

Ingredients

  • 1 kg tovuq go’shtining ko’krak qisimi,
  • 70-96% sirka (uksus),
  • 2 dona o’rtacha kattalikda piyoz,
  • 1 dona qizil rangli bulg’or qalampir,
  • 1 dona yashil rangli bulg’or qalampir,
  • 2 dona bodiring,
  • 4 osh qoshiq shirin qalampir (papirka),
  • tabga ko’ra achchiq qalampir,
  • tabga ko’ra murch,
  • tabga ko’ra kashnich urug’i,
  • tuz,
  • osh ko’klar.

Instructions

  1. Tovuq go’shtining ko’krak qisimi tayyor bo’lguncha tuzli suvda qaynatib, sovutiladi.
  2. So’ng bo’laklarga bo’linib va parraklarga ajratiladi.
  3. Tabga ko’ra tuz solinadi, 1 choy qoshiq sirka solib, aralashtiriladi.
  4. Piyoz yarim oy shakilda, bulg’or qalampir somoncha shaklida, bodiring yupqa qilib to’g’raladi.
  5. Tovuq go’shti ustiga solinadi, ziravorlar va osh ko’klar tabga ko’ra solinadi.
  6. O’simlik yog’i ustiga 2 osh qoshiq shirin qalampir solib aralashtirib, salatga qo’shiladi.
  7. Soya sous 1 osh qoshiq qo’shishingiz ham mumkin.
  8. Salatni yaxshilab aralashtirib, ustini berkitib, massaliqlar o’ziga singib mazzali bo’lishi uchun sovutgichga 1 soat saqlanad.
  9. Yoqimli ishtaxa!
https://tomchi.ru/uz/tovuq-goshtidan-koreyscha-xe-salati/
Adblock
detector