Toshbaqa torti – Tomchi.ru
Tortlar

Toshbaqa torti

Toshbaqa torti

Tortlar

Toshbaqa torti

Ingredients

  • Xamiriga kerakli maxsulotlar:
  • 7 ta tuxum
  • 200 gr shakar
  • 240 gr un
  • 1 choy qoshiq iste’mol sodasi
  • 0.5 chay qoshiq limon kislata
  • Kremiga kerakli maxsulotlar:
  • 400 gr smetana (20% li)
  • 200 gr sariyog’
  • 200 gr shakar
  • 1 choy qoshiq limon sharbati
  • Glazurga kerakli maxsulotlar:
  • 40 gr kakao
  • 200 gr shakar
  • 150 ml sut
  • 100 gr sariyog

Instructions

  1. Tuxum oqi sarigidan ajratiladi. Tuxum oqi ko’pirtiriladi 100 gr shakar qo’shiladi kam-kam. Ko’pirtirish jarayonida shakar erib ketishi qattiq ko’pik hosil bo’lishi kerak.
  2. Tuxum sarigi 100 gr shakar bilan ko’pirtiriladi, oppoq tusga kirguncha. 0.5 choy qoshiq limon kislata solamiz. Unga iste’mol sodasi solib elanadi. Tuxum sarig’iga aralashtiramiz. Ko’pirtirilgan tuxum oqini, oshxona lapatkachasi bilan, tuxum sarigidan tayyorlangan xamirga oz-ozdan extiyotkorlik bilan qo’shamiz.
  3. Listga pargament qog’ozi to’shab, bir xil o’lchovda aylana xamirchalar quyib chiqamiz (bir qoshiqdan).
  4. Oldindan yoqilgan gazga 180 daraja issiqlikda 10 minut yonlari qizorib pishib chiqqanich pishiriladi. Pishgan pirojnilarni sovitiladi.
  5. Ungacha kremni tayyorlaymiz. Xona xaroratida erigan sariyog’ni 100 gr shakar bilan yaxshilab oqargunch mikserda uriladi. Smetanani ham boshqa idishga 100 gr shakar va limon sharbati qo’shib 2 baravar ko’pirguncha qo’shiladi va sariyog’ga sekin solib aralashtiriladi.
  6. Besh dona pirojnilardan olib qo’yiladi, boshi, oyoqchalar qilishga, bezash uchun. Tayyor kremga sovugan pirojnilarimizni solib olamiz. Katta tarelkaga terib chiqiladi. Aylana qilib, toshbaqa ko’rinishda va 10 minut muzlatgichga qo’yiladi yoki 30 minut sovutgichga qo’yiladi.
  7. Glazur tayyorlaymiz kremimiz qotguncha, shakar, kakao yaxshilab aralashtiriladi, so’ng sut solib qo’shiladi. Past olovga qo’yib kovlab turgan xolda qaynatiladi, quyuqroq bo’lgunucha. Gazdan olib muzdek sariyog’imizni solib qo’shiladi va xona haroratida sovutiladi.
  8. Yarim tayyor tortimiz ustiga bir tekislika quyib chiqiladi. Idishni chetlarini glazurina artib olinadi. 5 ta olib qo’yilgan perojnilarni 2 tasini krem blan yopishtirib bosh qismi qilib tortga qo’yiladi . Glazurdan kuzcha chiziladi. Yana 2ta perojnichala teng 2ga bo’lib tortta oyoqchalar qilinadi. Bitta qolgan perojnini dumcha kesib qo’yiladi.
  9. Tayyor bo’lgan tortimizni sovutgichga kamida to’rt soat turishi lozim. Perojnilar kremni shimib olishi uchun.
https://tomchi.ru/uz/toshbaqa-torti/
Adblock
detector