Kerakli maxsulotlar (ikki kishi uchun):
- Sut – 500 ml
- Kartoshka kraxmali – 1 osh qoshiq
- Madagaskar vanil o’simligi bo’lagi yoki vanilin kukuni
- Shakar – 3 osh qoshiq
- Shokolad qirindisi – 1 osh qoshiq
Tayyorlash usuli:
Madagaskar vanil shoxchasi ikkiga bo’lib, ichki qismi o’tkir pichoq bilan qirib, qora mayda-mayda urug’lari olinadi.
Yarim stakan sutga kraxmal ivitiladi. Aralashma qumaqlar hasil bo’lmasligi uchun – idishga kraxmal solib sekin sut quyiladi so’ng aralashtiriladi.
Qolgan sut boshqa idishga quyib Madagaskar vanil o’simligi urug’i va po’stlog’i solib qaynash darajasigacha qizdiriladi. Vanil po’stlog’i olib tashlanadi. Kraxmalli aralashma kam-kam solib aralashtiriladi.
Shakar yoki asal solinadi. 2-3 daqiqa qaynatiladi to’xtovsiz kovlab turgan holda. Ko’pirtirgich bilan kovlab tursangiz aniq qumoqlar bo’lmaydi.
Kisel 30-40 daqiqa sovutiladi. So’ng krujkalarga quyib, shokolad qirindisi yoki kakao kukuni sepiladi. Share