Kerakli maxsulotlar:
- 450 ml un
- 1 choy qoshiq tuz
- 2 choy qoshiq shakar
- 1 choy qoshiq xamirturush (quruq)
- 250-300 ml suv
- 50 ml pista
- 50 ml zig’r urug’i
- O’simlik yog’i
Un elanadi, kerakli maxsulotlar hammasi solinadi.
Cho’p qoshiq bilan aralashtiriladi, yopishqoq xamir hosil bo’ladi, hechqisi yo’p boshqa narsa qo’shilmaydi.
Qolibga pishiriq qog’ozi to’shab yoglanadi, xamir solinadi. Yoglangan selafan bilan usti yopiladi. Bir kecha sovutgichda turadi.
Ertalab qolipni sovutgichdan chiqarib, selafani olib pechga tiqiladi. Keyin pech yoqiladi 220 C gacha qizdiriladi. Qizarguncha pishiriladi, taxminan 40 minut.
Kunjut, qovoq urug’i(tozalangan),suli yormasi ham qoshsa boladi. Judaham foydali va mazzali bo’ladi.