Quyonli sho’rva – Tomchi.ru
Quyonli sho’rva
Suyuq taomlar

Quyonli sho’rva

Suyuq taomlar

Quyonli sho’rva

Quyon go’shti eng qimmatli parhez oziq-ovqatlardan biri. Ko’p oziq-ovqat mutaxassislari, quyon go’shtini sog’liq uchun juuda foydali deb hisoblashadi. Quyon go’shtining laxm qismida 21 % oson hazm boluvchi oqsil va 5,5 % yog’lar mavjud. Yumshoq oq go’sht deyarli barcha oziq-ovqat mahsulotlari bilan yaxshi ketadi, shuning uchun uni barcha toamlar va xar xil maxsulotlar bilan uchratish mumkin. Quyon go’shtidan tayyorlangan taomlar barcha yoshdagi odamlarga bir xil foydali. Quyon sho’rva – bu mazzali maxsulotni tatib ko’rish uchun ajoyib imkoniyat.

Ingredients

  • Kerakli maxsulotlar (1,5 litr sho’rva uchun)
  • Suyakli quyon go’shti – 300 gr
  • Pamidor – 1 dona
  • Sariq bulg’or qalampir – 1 dona
  • Selderey – 30 gr
  • Guruch – 2-3 osh qoshiq
  • Suv – 1 litr
  • Yangi loviya – 100 gr
  • Sabzi – 1 dona
  • Tuz va ziravorlar – tabga ko’ra
  • Piyoz – 1 dona

Instructions

  1. Sovuq suv solingan qozonga bo’laklangan suyakli quyon go’shtni solib, qaynash uchun qo’yiladi.
  2. Qaynash darajasida etgan vaqtida yuzasidagi ko’piklari olib tashlanadi.
  3. So’ngra 2-3 bo’lakka bo’langan sabzi, maydalangan piyoz, selderey, bulg’or qalampir, kubik shaklida to’g’ralgan pomidor, loviya va tuz, ziravorar solinib, past olovda qaynatiladi.
  4. Gurunch ovqat tayyor bo’lishidan oldin yuvib solinadi.
  5. Gurunchni solmasdan avval go’shtni olib, suyaklardan ajratib, maydalab yana solinadi.
  6. Guruchi etilib pishgach, sho’rvaning yuziga ko’katlar, sariyog’ yoki smetana solib, dasturxonga tortiadi.
https://tomchi.ru/uz/quyonli-shorva/
Adblock
detector