Ko’rinishi chiroyli va qovoq shaklida keltirish uchun ip bilan bog’lab, shakil beriladi. Pishgach ipini olish sal murakab, ko’rinishni buzmagan xolda juda sekinlik bilan olinadi. Oshirma xamir o’rniga sariyog’, smetana, istemol sodasi va un maxsulotlar bilan tayyorlanadigan xamirdan ham shundoq shaklida pishirish mumkin. Qiymasi istalgan maxsulotlardan tayyorlash ham mumkin. Qovoq yoki mandarin ko’rinishida bo’lgan oshirma xamirdan somsalar bayram dasturxoni ko’rkiga ko’rk qo’shib, mexmonlar va oila azolariga manzur bo’ladi degan umidamiz.
Kerakli maxsulotlar:
Xamiri uchun:
- 2.5 stakan sut
- 1 pachka achitqi
- 2 osh qoshiq shakar
- 1 osh qoshiq margarin
- 0.5 stakan o’simlik yog’i
- 1 dona tuxum oqi (sarig’i yuziga)
- 2 osh qoshiq smetana yoki mayonez
- 1 choy qoshiq tuz
- yumshoq xamir bo’lgunicha un
Qiymasi uchun:
- 1 osh qoshiq sariyog’
- 1 dona bosh piyoz
- 3 -5 dona qaynatib pishirilgan kartoshka
- tabga ko’ra tuz va ziravorlar
- osh ko’klar
Ustiga surish uchun:
- tuxum saig’i
- 1 osh qoshiq o’simlik yog’
Tayyorlanishi:
Yuqoridagi xamir uchun mo’ljalangan massaliqlardan yumshoq qo’lga yopishmaydigan xamir qorib, ustini politelin paketi va sochiq bilan o’rab issiq joyda oshirish uchun 40-60 daqiqga olib qo’yiladi. Ungacha nachinkasi tayyorlanadi. Kartoshka tuzli suvga qaynatib pishiriladi, so’ng eziladi. Piyoz maydalab sariyog’ga qovurib, ezilgan kartoshka ustiga, to’g’ralgan osh ko’klar bilan birga qo’shiladi va tabi rostlanadi.

Xamirdan mandarin kattalikda zuvalachalar uzib, olinadi. Zuvalachalar qo’l yordamida aylana shaklida yoyib, nachinka qo’yib, dumaloq shaklida tugiladi.
Tugulgan somsalarni ip bilan bog’lab shakil ko’rinishda keltiriladi.



O’ragan ip qalin va nilonli yoki 2-3 marta qalinlikdagi ipdan foydalangan yanada yaxshi.
Yog’langan patnisga terib, chiqiladi va yuziga tuxum sarigi aralashmasi surtiladi.

Qizdirilgan duzovgaga qizarguncha taxminan 25-30 daqiqa qizarguncha pishiriladi.
Qovoq shaklida somsalar pishgach orasidagi iplar sekin olinadi.

Yoqimli ishtaxa!