Qora shahzoda torti – Tomchi.ru
Tortlar

Qora shahzoda torti

Qora shahzoda torti

Tortlar

Qora shahzoda torti

Ingredients

  • Xamir uchun:
  • 2 stakan un,
  • 2 stakan shakar,
  • 1 choy qoshiq istemol sodasi,
  • 2 chimdim tuz,
  • 4 osh qoshiq kakao kukuni,
  • 2 stakan smetana,
  • 2 dona tuxum,
  • 80 gr sariyog’.
  • Krem uchun:
  • 3 osh qoshiq shakar,
  • 3 osh qoshiq kakao kukuni,
  • 2 osh qoshiq smetana,
  • 50-60 gr sariyog’.
  • 40 gr qora shokolad bezak uchun

Instructions

  1. Chuqur idishga quruq maxsulotlarni un, istemol sodasi, tuz va kakao kukuni elakdan o’tqazib aralashtiriladi. Boshqa idishga tuxum va shakar oppoq tusga kirguncha aralashtiriladi. So’ng smetana, xona xaroratida yumshagan sariyog’ solib yaxshilab qo’shiladi. Ketidan unli aralashma solib, bir xil massa bo’lguncha mikser yoki qoshiqda aralashtiriladi.
  2. Maxsus pishiriq qolibini yog’lab, un sepilgan qolibga tayyorlab olindan xamirni quyib, tekstlab olinadi va qizdirilgan duxovkaga 180 darajali issiqlikda 30 40 daqiqa pishiriladi (gugurt cho’pi suqib ko’rganda quruq chiqsa pishgan xisoblanadi).
  3. Tort pishgunicha krem tayyorlanadi.
  4. Idishga kako kukuni, shakar va smetana bir xil massa bo’lgunicha aralashtiriladi. So’ng gazga qo’yib qanatishga qo’yiladi. Qaynashni boshlagach sariyog’ solib aralashtirib turgan xolda, 5 daqiqa qaynatiladi. Sovugani krem va tortni olib qo’yiladi.
  5. Pishirilgan tortni 3 qisimga bo’lib olinadi. Kremni kesilgan tort bo’laklarga surtib, ustma ust qo’yib chiqiladi. Qolgan kremni tort usti va yon atrofiga surtib chiqiladi. Bu krem o’rniga xoxlagan krem tayyorlab olishingiz mumkin.
  6. Tortni sovutgichga 1-2 soat kremlari o’ziga singishi uchun olib qo’yiladi. So’ng shokolad qirindisi bilan bezatib dasturxona tortiladi. Qora shaxzoda yortimiz tayyor. Yoqimli ishtaxa!
  7. Shokoladli glazur bilan namlangan pirog.
https://tomchi.ru/uz/qora-shahzoda-torti/
Adblock
detector