Qiymali lazaniya – Tomchi.ru
Quyuq taomlar

Qiymali lazaniya

Qiymali lazaniya

Quyuq taomlar

Qiymali lazaniya

Ingredients

  • Xamiri uchun:
  • Un – 8 osh qoshiq
  • Tuxum – 1 dona
  • Tuz – tabga ko’ra
  • Suv – 100 ml
  • Qiymasi uchun:
  • Mol go’shti qiymasi – 700 gm
  • Bosh piyoz – 2 dona
  • 2 dona pamidor sharbati sous (200 gm )
  • Tabga ko’ra ziravorlar (Maydalangan qora murch)
  • Kartoshka – 4 dona
  • Qaynatilgan tuxum – 4 dona
  • Pishloq – 500 gm
  • Sous «Beshamel» uchun:
  • Sariyog’ – 100 gm
  • Un – 100 gm
  • Sut – 700 ml

Instructions

  1. Un elanib, ustiga tuxum chaqib, tuzli suv sollib xamir qoriladi. Yaxshilab mushtlab, ustini politelin paket bilan yopib, 1 soat tindirish uchun dam oldiriladi. So’ng o’rtacha qalinlikda xamir yoyiladi (juda xam yupqa, juda ham qalin bo’lmasligi kerak) . Kattaroq to’rtburchaklar kesib chiqiladi. Qaynagan tuzli suvga 3-5 daqiqa qaynatib pishiriladi. So’ng sovuq suvga chayqab, toza sochiq yoki matoga xamirlar suvi ketguncha terib qurtiladi.
  2. Ungacha nachinka tayyorlanadi. Piyoz mayda kubikcha to’g’raladi. Pomidorlar po’sti olinib, blendirga maydalanadi. Qozonga ozgina yog’ va sariyog’ solib qizdiriladi. Piyozni solib, sarg’ish bo’lguncha qoviriladi. So’ng go’sht qiymasi solib qoviriladi. Pomidorni solib, suvi ketguncha dimlanadi va tabga ko’ra tuz qora murch, yoqtirgan ziraorlar solinadi, tayyor bo’lgach chetga oib qo’yiladi.
  3. Kartoshka qaynatilib, puyure qilinadi. Tuxumlar qaynatib, sovugach katta tishli qirg’ichdan chiqariladi. Pishloq ham qirg’ichdan chiqariladi.
  4. Sous Bashamel tayyorlaymiz, idishga sariyog’ solib eritiladi va un solib, sarg’ish bo’lguncha kovlab turgan xolda qovuriladi. Ustidan sut solib, bir xil massa bo’lguncha aralashtiriladi va quyulguncha qaynatiladi (bo’tqa xolda bo’lmasin). So’ng o’chirib sovutiladi.
  5. Endi Qiymali lazaniyani tayyorlab olish uchun pishiriq qolibini yog’lab, yuqoridagi tayyorlab olingan massaliqlarni ustma ust terib chiqiladi. Birinchi xamirni qolipga terib, chiqamiz. So’ng kartoshka puyuresi surtib chiqiladi, ketidan tuxum sepib, qiyma solib, ustidan sous Bashamel quyiiladi va pishloq sepib chiqiladi. Yana shunday 4 marotaba terib chiqiladi. yuqorisiga xamirdan so’ng go’sht qo’yilmaydi, sous surtiladi va pishloq sepib chiqiladi. Keyin qizdirilgan duxovkaga 180 daraja issiqlikda 30 daqiqa pishiriladi. Ozgina sovugandan so’ng lazaniya kesib dasturxonga tortiladi.
  6. Yoqimli ishtaxa!
https://tomchi.ru/uz/qiymali-lazaniya/
Adblock
detector