Qaymoqli-olmali zefir – Tomchi.ru
Shirinliklar

Qaymoqli-olmali zefir

Kerakli maxsulotlar:

3-4 dona olma

1,5 stakan quyuq qaymoq

1/2 stakan shakar

1 ta tuxum oqi

1/2 choy qoshiq dolchin, bezatish uchun pirojniyni.

Tayyorlanishi:

Olmalar yuviladi va duxovka listiga solib, ustidan ozroq suv quyiladi. Qizib turgan gaz duxovkasida olmalar yumshaguncha pishirib olinadi. Bir oz sovutib urug’li qismi olib tashlanadi. Pishgan olma bo’laklari pyure qilinadi. Pyurega shakar, tuxum oqi, dolchin qo’shib qorishtiriladi va idishi bilan muz solinga yoki sovuq suv solingan tog’orachaga solib mikser yordamida massa quyuqlashguncha va oqarguncha ko’pirtiriladi. So’ng ko’pirtirilgan quyuq qaymoq qo’shib yaxshilab aralashtiriladi. Likopchaga solib, nam qoshiq yordamida ustki qismi tekislanadi, kichik beze donalari bilan bezatiladi.

Adblock
detector