So'nggi xabarlar
Home / Suyuq taomlar. / Perlovkali rassolnik.
rassolnik-perlovka

Perlovkali rassolnik.

Perlovkali rassolnik.

rassolnik-perlovka

Bu sho’rva rus xalqining suyuq taomi.  Mol go’shti, perlovka,  sabzavotlar va asosiysi tuzlangan bodiring va suvidan tayyorlanadi. Juda ham mazzali bo’ladi va albatta oila azolarizga yoqadi degan umiddaman.

Tarkibi:

  • 500 gr suyakli go’sht
  • 50 gr o’simlik yog’i qovurish uchun
  • 200 gr kartoshka
  • 3-4 dona qora murch
  • 2-3 dona dafna bargi
  • 100 gr tuzlangan bodiring
  • 100 gr sabzi
  • 100 gr perlovka
  • 0.5 stakan tuzlangan bodiring suvi
  • 2 osh qoshiq pomidor sharbati
  • 50 gr piyoz
  • tabga ko’ra tuz

Tayyorlanishi:

perlovka7

Perlovka yaxshilab yuviladi va sovuq suv solib, bir kecha qoldiriladi.

mol-goshti

Suyakli go’sht soviq suvga yuvilib, kastrulga 2.5 litir suv quyib, o’rta olovga gazga qo’yiladi. Qaynagach suvi to’kib tashlanadi va toza suv solib boshqadanqaynatiladi. Qaynashni boshlagach olov paslatiriladi va go’sht 40 daqiqa qaynatiladi.

tuzlangan-bodring-piyoz

Go’sht qaynagunchcha piyoz, sabzi tozalanadi. Piyoz mayda to’g’raladi, sabzi somoncha qilinadi, tuzlangan bodring kubik qilib to’g’raladi.

qovurish-sabzavotlar

Ozgina o’simlik yog’ida sabzavotlar qovuriladi sabzi, piyoz tilla rang tusga kirguncha. Bodring solib 10 daqiqa dimlab qo’yiladi.

tomat

Boshqa tovada pamidar sharbati qizdiriladi, dafna yoprogi (lavroviy list), murch va tuz sepiladi(bodring tuzini ham hisobga oling).

rassolnik1

Sho’rvadan go’shtni olib suyaklari olib tashlanadi, go’shti mayda to’g’rab yana sho’rvaga solinadi. Qaynab turgan sho’rvaga perlovka solinadi va 20 daqiqa qaynatiladi. So’ng tozalab kubik qilib to’g’ralgan kartoshka solinadi va yana 20 daqiqa qaynatiladi. Qovurilgan sabzavotlar solinadi. Keyin tovadagi qizdirilgan pamidor sharbati solinadi. Yana 5 daqiqa qaynatiladi.

rassolnik-perlovka

Olov o’chirib 10 daqiqa dam beriladi. Perlovkali rassolnik tayyor idishlarga suzib smetana, ko’katlar blan bezatib dasturxonga tortiladi.

Yoqimli ishtaha!

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

About admin

Check Also

sho'rva-shurpa

Dudlangan go’shtdan sho’rva.

Dudlangan go’shtdan sho’rva Kerakli maxsulotlar: 1- kg dudlangan mol go’shti 1 – dona sabzi 3- …

Fikr bildirish